Kazus
Сизга “Электртармоқ-монтаж ҳолатлари” МЧЖдан шартнома тақдим
этилди ва шартномага асосан тўловни амалга оширишни сўради. Сизга
бундай ҳужжатни тақдим этган шахс, улар электр кабеллари ва электр
тармоқларининг хавфсизлигини текшириш учун пул тўлашлари кераклигини
даъво қилмоқда. Бу ҳолатда нима қиласиз? Жавобингизни тушунтиринг. Бу
масалага ойдинлик киритиш учун кимга мурожаат қиласиз?
Javob
Bu kazusga javob berishdan oldin MChJ ga to’xtalib o’tamiz. MChJ so’zi
qisqartirlgan so’z bo’lib Mas’uliyati cheklangan jamiyat degani. Masʼuliyati
cheklangan jamiyat xoʻjalik shirkatining bir boʻlib, uning mulki muassislar orasida
tegishli nizomlarda koʻrsatilganidek taqsimlanadi. Masʼuliyati cheklangan jamiyat
— aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida
javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik
shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish
maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin.
Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan
ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat
mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga
aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat
roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Endi esa e’tiborimizni bizga berilgan
kazusga qaratadigan bo’lsak, undan quyidagicha savollarni chiqarib olishimiz
mumkin.
Bunday hujjatni taqdim etgan shaxs, ular
elektr kabellari va elektr
tarmoqlarining xavfsizligini tekshirish uchun pul to’lashlari kerakmi?
Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Birinchi savolga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, Agar menga MchJ tomonidan
shartnoma taqdim etilsa, albatta shartnoma bilan tanishib chiqaman. Agar
shartnomada elektr kabellari va elektr tarmoqlarining xavfsizligi uchun pul to’lash
belgilangan bo’lsa, ushbu belgilangan miqdordagi pulni to’layman. Boshqa
tomondan olib qaraganda, hozirgi kunda, shunga o’xshagan ishlar davlat budjeti
hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin ya’ni davlat elektr kabellari va elektr
tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash uchun pul talab qilmaydi. Faqatgina aholi
foydalanayotgan elektr toki uchun pul to’laydi. Shundan kelib chiqib aytadigan
bo’lsak, ushbu hujjatni taqdim etgan shaxslar elektr kabellari va elektr
tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash uchun pul so’rashsa, shu belgilangan
miqdordagi pulni to’layman. Agar shartnomada elektr kabelari va eleketr
tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash uchun pul belgilanmagan bo’lsa, yoki
ularda elektr kabelari va elektr tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash vakolati
bo’lamasa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilaman.
Keyingi savolga keladigan bo’lsak, agar bunday holatga duch kelsam(avvalo
unday bo’lmasin), albatta sudga murojaat qilaman. O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ELEKTR ENERGIYASI
VA TABIIY GAZDAN FOYDALANISH TARTIBINI
TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR
TO‘G‘RISIDA”
1
qarorining 9-bob 128-moddasida elektr istemolchilarining “elektr
ta’minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal
etish uchun sudga yoki bo‘ysunishi bo‘yicha yuqori tashkilotga, mansabdor
shaxsga murojaat qilish” huquqi bor ekanligi aytilgan. Men sudga murojaat qilishni
maqul ko’raman, chunki sud orqali ish qo’zg’atilganda ularning bunday ishni
takror qilishlari ehtimoli pasayadi.