-rasm. Qovoq poyasidagi kollateral o’tkazuvchi bog’lam. 1- floema; 2- ksilema; 3- kambiy; 4-
lub parenximasi.
Lubning ikkinchi bir elementi parenximadir. Parenxima hujayralarda almashinuv reaktsiyalari aktiv
boradi va odatda zapas moddalardan kraxmal donachalari, moylar har xil organik birikmalar,
shuningdek, tannin va smola kabilar to’planadi. Lub tarkibiga mexanik to’qima sklerenxima, ya’ni
lub tolalari kiradi. Ular morfologik jihatdan yog’ochlik tolalariga o’xshash, ammo ko’pchilik
o’simliklarda uzunroq bo’lishi va ikkilamchi lublar farq qilinadi. Birlamchi lub o’sish konusidagi
uchki meristema – prokambiy boylamlaridan kelib chiqadi. Ikkilamchi lub esa kambiy faoliyati
natijasida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |