O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   260
Bog'liq
botanika

Qoplovchi  to’qima.  Qoplovchi  to’qima  o’simliklarni  tashqi  muhit  bilan  chegaralab  turadi. 
Ularning  ko’pchiligi  tekis,  hujayra  oraliqsiz,  tirik  hujayralardan  tashkil  topgan.  Qoplovchi 
to’qimalar  kelib  chiqishi  va  tuzilishiga  ko’ra  uchga:  epiderma,  periderma  va  po’kak  (ritidom)ga 
bo’linadi. 
Epiderma  (yunon.  epi  -  ustki  tomondan)  novdaning  apikal  meristemasini  tashqi  qavatidan 
(protodermadan) hosil bo’ladi va barg, novda va boshqa yosh organlarni tashqi tomonidan qoplab 
turadi.  Epiderma  hujayralari  tirik  bir-birlari  bilan  hujayra  oraliqsiz  (og’izchalardan  tashqari)  zich 
joylashgan  bo’lib,  o’simliklarning  suv  bug’latishiga  to’sqinlik  qiladi.  Epiderma  juda  erta, 
o’simliklarning  evolyutsion  jarayoni  natijasida  quriqlikka  moslashishi  tufayli  paydo  bo’lgan. 
Epiderma bir yoki bir-necha qator hujayralardan tashkil topib, o’simliklarda gazlar almashinish va 
transpiratsiya  jarayonlarini  boshqarib  turadi.  Bulardan  tashqari  kasal  tug’diruvchi  organizmlarni 
organlar ichkarisiga kirishiga yo’l qo’ymaydi va o’zidan ichkarida yotgan to’qimalarni tashqi muhit 
ta’siridan himoya qiladi. Efir moylari, suv va tuzlarni ajratib chiqarish va yana so’rish kabi muhim 
vazifalarni ham bajaradi. 
Epiderma murakkab tuzilgan to’qima bo’lib: asosiy epiderma hujayralaridan, og’izchalar va uning 
atrofidagi  hujayralardan,  trixomalardan  ya’ni  epiderma  hujayralaridan  hosil  bo’lgan  tuklar, 
o’simtalardan  tashkil  topgan.  Epiderma  hujayralarini  qobig’i  tashqi  tomondan  har  –  turli 
qalinlikdagi kutikula yoki mum qavati bilan qoplangan, bu qavat ayniqsa qurg’oqchil mintaqalarda 
yashaydigan  o’simliklarda  qalinroq  bo’ladi.  Ichki  qavati  sellyuloza  va  pektin  moddasidan  tashkil 
topgan. Epiderma hujayralarining shakli o’simlik turlariga qarab izodiametrik, bir qancha cho’ziq, 
hujayra  devorlari  to’g’ri  chiziqli  yoki  egri-bugri  bo’ladi.  Bu  belgilar  o’simliklar  turlarigagina  xos 
bo’lmasdan,  o’simliklarning  yashash  sharoitiga  va  organlarning  shakliga  ham  bog’liq.  Epiderma 
qobig’i  tagidagi  protoplastda  mayda  kam  sonli  xloroplastlar  va  yadroga  ega  bo’lgan  sitoplazma 
joylashgan. Epiderma hujayralarning markazini yirik vakuol egallaydi.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish