TEST SAVOLLARI
1- variant
1. Plastida pigmentlarining nomini aniqlang?
A. Xlorofill, karotin, ksantofill.
B. Karotin, ksantofill, antoxlor.
C. Antotsian, antofein, antoxlor.
D. Antotsian, antofein, ksantofill.
2. Turgor nima?
A. Bosim ortishi bilan hujayra po’stining taranglashishi.
B. Hujayra po’stining qalinlashishi.
C. Sitoplazmaning qisqarishi va qobiqdan uzoqlashishi.
D. Hujayra oralig’idagi moddalar erishi tufayli hujayralar bir-biridan ajralish jarayoni.
3. Sklereid hujayrasi uchun qalinlashishning qaysi biri xarakterli?
A. Lignin.
B. Kraxmal.
C. Suberin.
D. Sellyuloza.
4. Peridermaning tarkibiy qismini aniqlang?
A. Felloderma, fellogen, fellema.
B. Birlamchi po’stloq, fellema, fellogen.
C. Po’kak, epiderma, po’kak kambiy.
D. Felloderma, epiderma, po’kak kambiy.
5. O’tkazuvchi va mustahkamlash vazifasini bajarish qaysi hujayra (element)ga xos?
A. Traxeidlar.
B. Naylar.
C. Elaksimon naylar.
D. Yo’ldosh hujayralar.
6. Hosil qiluvchi to’qimalarni aniqlang?
A. Kambiy, fellogen.
B. Kambiy, floema.
C. Apikal meristema, po’stloq.
175
D. Prokambiy, fellema.
7. O’tkazuvchi to’qima hujayralarini aniqlang?
A. Elaksimon naylar, naylar.
B. Sut yo’llari, nektarlar, gidatodalar.
C. Sut yo’llari, sklereidlar, nektarlar.
D. Kollenxima, sklerenxima, sklereidlar.
8. Zahira modda to’plovchi parenxima to’qimalar turining qaysi biriga tegishli?
A. Asosiy.
B. Hosil qiluvchi.
C. Mustahkamlovchi.
D. Qoplovchi.
9. Poya va barglardan rivojlanuvchi ildiz qanday nomlanadi?
A. Qo’shimcha.
B. Asosiy.
C. Yon.
D. Popuk.
10. Ildizdagi peritsikl qanday vazifani bajaradi?
A. Yon ildizni hosil qilish.
B. Suvni shimish.
C. Suv va mineral moddalarni o’tkazish.
D. Organik moddalarni o’tkazish.
11. Ildiz uchun o’tkazuv nay boylamlarining qaysisi xarakterli?
A. Nursimon.
B. Ochiq kolloterial.
C. Yopiq kolloterial.
D. Bikollaterial.
12. Sabzi ildizmevasining qaysi qismida zahira oziqa moddalar to’planadi?
A. Po’stlog’ida.
B. Markaziy silindrda.
C. Ikkilamchi ksilemada.
D. Birlamchi ksilemada.
13. Ildizmeva qaysi ildizning o’zgarishidan hosil bo’ladi?
A. Asosiy.
B. Qo’shimcha.
C. Yon.
D. Asosiy va qo’shimcha.
14. O’simlik novdasining asosiy o’qi butun hayoti davomida o’sishini ta’minlaydigan shoxlanish
tipi.
A. Monopodial.
B. Simpodial.
C. Dixotomik.
D. Soxta dixotomik.
15. Ko’p yillik o’simliklar poyasini qaysi to’qima qoplab turadi?
A. Periderma.
B. Epiderma.
C. Epiblema.
D. Po’stloq.
16. Qanday o’tkazuvchi nay boylamlari markazlashgan deb aytiladi?
A. Floema atrofida ksilema, ksilema atrofida floema joylashgan bo’lsa.
B. Floema va ksilema yonma-yon joylashgan bo’lsa.
C. Ksilema tashqi va ichki floema oralig’ida joylashsa.
D. Floema atrofida faqat ksilema joylashgan bo’lsa.
17. Bir pallali o’simliklar poyasi uchun qaysi o’tkazuvchi nay boylamlari xarakterli?
A. Yopiq kollateral.
176
B. Ochiq kollateral.
C. Ochiq bikollateral.
D. Yopiq bikollateral.
18. Poya rivojlanishining boshlang’ich bosqichida to’la kambiy qatlami, keyinchalik yog’ochlik
va lub hosil bo’lishi qanday nomlanadi?
A. Boylamsiz.
B. Boylamli.
C. Kambial
D. Radial.
19. Poyaning birlamchi anatomik tuzilishi qaysi qismlarga ajraladi?
A. Qoplovchi (epiderma), birlamchi po’stloq, markaziy silindr.
B. Qoplovchi (periderma), birlamchi po’stloq, markaziy silindr.
C. Qoplovchi (epiderma), ikkilamchi po’stloq, markaziy silindr.
D. Qoplovchi (po’st), birlamchi po’stloq, markaziy silindr.
20. Ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasining floemasi qanday gistologik elementlardan
tarkib topgan?
A. Elaksimon nay, lub parenximasi.
B. Elaksimon nay, lub parenximasi, lub tolasi.
C. Lub tolasi.
D. Naylar, yog’och tola, yog’och parenximasi.
21. Ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasida eng yosh yillik halqa qaerda joylashgan?
A. Kambiyga tutashgan joyida.
B. O’zak va ksilema orasida.
C. Periderma ostida.
D. Floema ustida.
22. Qaysi to’qima bargda fotosintez vazifasini bajaradi?
A. Asosiy parenxima.
B. Epiderma.
C. Periderma.
D. Po’stloq.
23. Bir tomonidan ustunsimon parenxima joylashgan, ular ostida bulutsimon parenxima
joylashgan bo’lsa bunday barg tuzilishi qanday nomlanadi?
A. Izolateral.
B. Dorzoventral.
C. Bulutsimon.
D. Ustunsimon.
24. Barg plastinkasining o’yiq joyi umumiy sathining 1\4 bo’lagini egallagan bo’lsa qanday barg
deyiladi?
A. O’yma barg.
B. Tishli barg.
C. Bo’lma barg.
D. Kesik barg.
25. Shakli o’zgargan novdaning nomini aniqlang?
A. Ildizpoya, piyozbosh, tuganak.
B. Ildizmeva, gajak, ildizpoya.
C. Ildizpoya, mikoriza, tuganak.
D. Ildizmeva, mikoriza.
26. No’xat gajaklari qaysi organning shakl o’zgarishi hisoblanadi?
A. Barg.
B. Poya.
C. Ildiz.
D. Novda.
27.Gulqo’rg’on qanday vazifani bajaradi?
A. Gulning ichki qismini himoya qiladi.
177
B. Changchini shakllantiradi.
C. Urug’ni shakllantiradi.
D. Meva shakllantiradi.
28. Bittadan ortiq simmetriya tekisligi o’tkazib bo’lmaydigan gul qanday nomlanadi?
A. Zigomorf. V. Aktinomorf S..Siklik. D Assimetrik.
29. Gulli o’simliklarda erkak gametofit...
A. Changchi.
B. Mikrosporalar.
C. Tuxum hujayra.
B. Murtak xaltasi.
30
.
Yopiq urug’li o’simliklarda murtak xaltachasidagi markaziy hujayrasining urug’lanishidan
nima rivojlanadi?
A. Endosperm. B Perisperm. C Murtak. D Meva.
Do'stlaringiz bilan baham: |