Nasllar gallanishi. Yuksak o’simliklar tuban o’simliklardan farqlanib, ularning zigotasi ko’p
hujayrali murtakni hosil qiladi. Murtakning o’sishi va ajralishi natijasida sekin – asta jinssiz nasl
(sporofit) shakllanadi. Zigota diploid xromosomalar soniga ega bo’lgani uchun shakllangan sporofit
naslining barcha hujayralari ham ikki marta ortiq xromosomalar soniga ega bo’ladi. Sporofit naslda,
ya’ni poya bargli o’simlikda sporagiylar hosil bo’ladi va ulardan sporalar paydo bo’ladi. Sporalar
hosil bo’lishida meyoz bo’linish kuzatiladi va natijada har bir hujayra sporofit nasl hujayralariga
nisbatan xromosomalar soni ikki marta kamaygan gaploid songa ega bo’lib qoladi. Shunday qilib,
yuksak o’simliklarning taraqqiyot siklida ham yadro bosqichlari almashinadi. Har bir spora o’sib
jinsiy naslgametofitni hosil qiladi. U ikki jinsli yoki ayrim jinsli o’simta (gametofit) bo’lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |