Eng maqbul bo’lgan (optimal) ulanish
Tarmoq hamda tarmoq xizmatlari va qo’llanmalarining ishini nazorat qilish tarmoq trafigini
egallash va tahlil qilishni nazarda tutadi. Bu nafaqat tarmoqdagi muammolarni aniqlash (diagnostika
qilish) maqsadida, balki jiddiy ravishda muhim bo’lgan xizmatlar va qo’llanmalarning ishini
maqbullashtirish (optimallashtirish) uchun ham, shuningdek Tezkor-qidiruv tadbirlarning
funktsiyalarini ta’minlash uchun texnik vositalari tizimi (SORM) doirasida axborot xavfsizligiga oid
tahdidlarni aniqlab topish va tarmoq orqali uzatilayotgan ma’lumotlarni qonuniy (legal) ravishda tutib
olishni (qo’lga tushirishni) amalga oshirish maqsadida qilinadi.
AT (axborot texnologiyalari) mutaxassislari har xil monitoring qilish vositalaridan, shu
jumladan bayonnomalarni tahlil qiladigan asboblardan (analizatorlardan), RMON naysimon
asboblaridan (zondlaridan), NetFlow to’plab ta’minlovchilaridan (kollektorlaridan), IDS / IPS
tizimlaridan va tarmoq trafigining katta hajmlarini yozib olishga imkoniyati mavjud bo’lgan server
maslaklari (platformalari) negizidagi sinov vositalaridan (probniklardan) foydalanishadi
(«Korporativ tarmoqni tahlil qilish, monitoring qilish va aniqlash (diagnostika qilish)» bo’limini
qarang). Nazorat qilinishi kerak bo’lgan tarmoq trafigini egallash maqsadida ularni tarmoqqa ulash
uchun hammasidan ko’ra monitoring qilish vositalarining maxsus tarmoqlantirgichidan (tarmoqni
shoxobchalarga bo’lintiruvchi asbobdan) yoki shunday tarmoqlantirgichning funktsiyalariga ega
bo’lgan uzib-ulagichlaridan (kommutatorlaridan) foydalangani afzalroq. Ethernet uzib-ulagichining
ortiqcha yuklanib ketganligi va nuqsoni bo’lgan (defektli) paketlarni o’tkazmayotgan bo’lishi
54
mumkin SPAN-portidan farqli ravishda, tarmoq kanalining uzilgan joyiga ulanayotgan
tarmoqlantirgich mazkur kanal bo’yicha uzatilayotgan butun trafikning (hammasini!), uning
yuklanganligi darajasiga bog’liq bo’lmagan holda, nazorat qilinishi imkoniyatini yaratadi.
Tarmoqlantirgich nazorat qilinayotgan kanalning ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi va uning
ishonchliligini pasaytirmaydi, chunki elektr energiyasi bilan ta’minlashda to’xtalish sodir bo’lganda,
mis liniyasiga nisbatan tarmoqlantirgich nazorat qilinayotgan trafik uchun shaffof bo’lib qolayveradi,
optik-tolali tarmoqlantirgich esa — sust (passiv) moslama bo’lib, uni umuman elektr energiyasi bilan
ta’minlash ehtiyoji yo’q. Bundan tashqari, tarmoqlantirgich orqali ulangan monitoring qilish vositasi
IP-manziliga muhtoj bo’lmaganligi sababli, u tarmoqdan alohida ajratib olingan (izolyatsiya qilingan)
bo’ladi, va buning natijasida uni xakerlar hujumlariga duchor bo’lishi ehtimoli sezilarli darajada
kamaytiriladi.
Sotuvda mis yoki optik-tolali liniyalari uchun ma’lumotlarni uzatish bo’yicha qo’llab-
quvvatlaydigan maksimal darajadagi tezligi har xil — 10 Mbit/s dan 100 Gbit/s gacha bo’lgan
tarmoqlantirgichlarning juda keng assortimenti mavjud. Jumladan, odatdagi tarmoqlantirgichlardan
tashqari regeneratsiya qiladigan tarmoqlantirgichlar ishlab chiqariladi va ulardan xuddi o’sha
trafikning o’zginasini bir vaqtning o’zida bir nechta monitoring qilish vositalari yordami bilan nazorat
qilish zaruriyati bo’lganda foydalaniladi. Bunday qurilma tarmoqlantirilgan trafikni bir vaqtning
o’zida o’zining bir nechta monitoring qilish portlari orqali chiqaradi. Agarda nazorat qilinishi zarur
bo’lgan tarmoq kanallarining soni mavjud bo’lgan monitoring qilish vositalarining sonidan oshib
ketsa, agregatsiya qiladigan tarmoqlantirgichdan foydalanish mumkin, u bir nechta nazorat
qilinayotgan kanallardan bo’lgan trafikni birlashtiradi va umumlashtirilgan oqimni o’zining bitta yoki
bir nechta monitoring qilish portlari orqali chiqaradi. Lekin ushbu oqimning tezligi monitoring qilish
vositasi portining o’tkazish qobiliyatidan oshib ketishi mumkin, hamda bunday vaziyatda
paketlarning yo’l qo’yib bo’lmaydigan yo’qotilishiga olib keladi. Bunga yo’l qo’ymaslikning
usullaridan bittasi — yetarli darajadagi katta buferga ega bo’lgan agregatsiya qiladigan
tarmoqlantirgichning modelini tanlash.
Shuningdek monitoring qilish vositasi tezroq bo’lgan tarmoq kanaliga ulanganida (misol uchun,
agar 10-Gigabitli tarmoqlantirgich yordami bilan 1 GE portli tahlil qiladigan asbob (analizator) 10
GE liniyasiga ulanilsa), u ortiqcha yuklanib ketishi mumkin. Monitoring qilish vositalariga
yuklanganlikni pasaytirish uchun tarmoqlantirilgan trafikni dastlabki ravishda filtrlashdan keng
foydalaniladi, shunda mazkur vosita faqat unga o’zining asosiy (masalan, tarmoqqa qilingan
hujumlarni aniqlab topish bilan bog’liq bo’lgan) vazifalarini amalga oshirishi uchun kerak bo’lgan
ma’lumotlarni oladi. Shuningdek yuklanganlikni muvozanatga keltirish funktsiyasi mavjud bo’lgan
qurilma yordami bilan yuqori tezlikdagi trafikni bir nechta monitoring qilish vositalari o’rtasida
deyarli teng-baravar taqsimlash mumkin. Bu holatda ko’pincha uzatilayotgan paketlarning oqimlari
55
butunligicha saqlangan bo’lishi muhimdir, ya’ni xuddi o’sha oqimning o’zginasiga tegishli bo’lgan
barcha paketlar xuddi o’sha monitoring qilish vositasining o’zginasiga (yuklanganlikni muvozanatga
keltirishga ega bo’lgan vositalar guruhida) kelib tushishi zarur. Trafikni filtrlash va yuklanganlikni
muvozanatga keltirish yanada yuqori tezlikdagi tarmoq texnologiyalari joriy qilinganida mavjud
bo’lgan monitoring qilish vositalariga sarflangan investitsiyalarni himoyalash imkoniyatini yaratadi.
Trafikni agregatsiya va regeneratsiya qilish, filtrlash hamda yuklanganligini muvozanatga keltirish
funktsiyalari monitoring qilish vositalarining uzib-ulagichlarida (kommutatorlarida) va ularga
bo’lgan yuklanganlikni muvozanatga keltiruvchi asboblarda mavjud. Shunday qilib, agarda
monitoring qilish vositalarini tez-tez bitta kanaldan boshqa kanalga o’zgartirish zaruriyati bo’lib
turganda va / yoki trafikni filtrlash hamda yuklanganligini muvozanatga keltirish funktsiyalari kerak
bo’lganda, ushbu vositalarni tarmoqlantirgichlarga yoki SPAN-portlariga to’g’ridan-to’g’ri emas,
balki tegishli uzib-ulagichlar orqali ulash kerak.
Tarmoq kanalining uzilgan joyiga (inline) ulanayotgan monitoring qilish vositasidan (masalan,
IPS dan) foydalanish zaruriyati bo’lganligida, aylanib o’tadigan (bypass) uzib-ulagichni
(kommutatorni) ishga solish kerak. Agar mazkur vosita qandaydir sabablarga ko’ra ishlamay qolsa,
aylanib o’tadigan uzib-ulagich trafikni uni aylanib o’tgan holda yo’naltiradi, hamda bu bilan jiddiy
ravishda muhim bo’lgan xizmatlar va qo’llanmalardan erkin foydalanish holatini saqlab qoladi
(foydalanuvchilar uchun). Sotuvda odatdagi tarmoqlantirgichlar va aylanib o’tadigan uzib-ulagichlar
bilan bir qatorda, mazkur qurilmalarning har xil aqliy (intellektual) turlari mavjud bo’lib, ular maxsus
monitoring qilish moslamasini ulamagan holda RMON statistikasini ko’zdan kechirish imkoniyatini
yaratadi. RMON ni qo’llab-quvvatlash imkoniyati monitoring qilish vositalarining uzib-ulagichlarida
ham mavjud.
Net Optics kompaniyasi Director oilasiga mansub bo’lgan tarmoqlantirgichlarning, aylanib
o’tadigan uzib-ulagichlarning, shuningdek monitoring qilish vositalari uzib-ulagichlarining hamda
xBalancer yuklanganlikni muvozanatga keltiruvchi samarali moslamaning keng assortimentini ishlab
chiqaradi. Director qurilmalari nazorat qilinishi kerak bo’lgan trafikni ularga ulangan monitoring
qilish vositalari bo’yicha uzib-ulashadi, agregatsiya qilishadi, regeneratsiya qilishadi, filtrlashadi va
bir me’yorda taqsimlashadi. Mazkur oilaning eng aqlli (intellektual) a’zolari oqimlarning butunligi
saqlangan holda yuklanganlikni o’zgaradigan (dinamik ravishda) muvozanatga keltirilishini hamda
DPI funktsiyasidan foydalangan holda trafikning dastlabki ravishda filtrlanishini ta’minlashadi.
Director uzib-ulagichlaridan farqli ravishda, xBalancer moslamasi inline- monitoring qilish
vositalariga yuklanganlikni bir me’yorda (shuningdek oqimlarning butunligi saqlangan holda)
taqsimlash imkoniyatiga ega. Nazorat qilinayotgan tarmoqda o’rnatilgan o’zining ko’p sonli
mahsulotlarining markazlashgan holda boshqarilishini amalga oshirish uchun, Net Optics
kompaniyasi Indigo Pro boshqaruv maslagini (platformasini) taklif qiladi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |