3. Dasturiy vositalar. Axborotlarni dasturiy himoyalash – bu axborotlarni himoya qilish vazifasini amalga
oshiruvchi maxsus dasturlar tizimidir. Konfidensial axborotlarning xavfsizligini ta’minlovchi
dasturlari quyidagi yo’nalishlarga ajratilib ko’rsatiladi:
axborotlarni ruxsat berilmagan kirishlardan himoyalash;
axborotlarni nusxa olishdan himoyalash;
axborotlarni viruslardan himoyalash;
aloqa kanallarini dasturiyimoyalash.
Axborotlarni ruxsat berilmagan kirishlardan himoyalashni dasturiy vositalarini bajaradigan
funksiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
obyektlar va subyektlarni identifikasiyalash;
hisoblash resurslari va axborot resurslariga kirishga cheklovlar o’rnatish;
axborot va dasturlar bilan bo’ladigan harakatlarni nazorat va registrasiya qilish.