partiya tuzishga qaror qilindi.
Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining bo‘lajak siyosiy tuzumini
belgilash edi. O‘sha paytda Toshkentda nashr qilingan “Ulug‘ Turkiston” gazetasida
yozilishicha, “Qurultoy Mulla Muhammadxo‘ja eshon va Mulla Siddiqxo‘ja eshonlarning
boshqaruv shakli haqida”gi nutqlarini tinglab, duoyu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin
etishga jazm qildi. Qurultoy muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni
qo‘yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining bosh tamoyil va
me’yorlarini belgilab berdi.
Shu tarzda Turkistonda muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin
jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg‘or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning
poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |