Vatan tarixini o‘qitishning ahamiyati
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik
va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng
avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy
jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab,
o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
8
Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu
dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor
yaratadi.
Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz
boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida
tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun
avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni
o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi:
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o‘tmishini,
Ko‘p boyitar o‘z turmushini.
Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning
jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda tariximizni
qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy
qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.
Shu o‘rinda, Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu shovinistik
shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joizdir: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart
emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom
bo‘ladi”.
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan
olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR Davlat xavfsizlik
qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfiylikda ishlab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z
aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan
ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin
emas, e’tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq
lozim “.
Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida
O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida o‘qitiladigan fanlar
tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat, maktabning 5-sinflaridagina “O‘zbekiston tarixidan
hikoyalar” degan ”hikoyalar” predmeti o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o‘z
o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan
iborat bo‘ldi. Bu mash’um siyosatning “samarasi” o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki
yillarida ayrim kommunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini
oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu antiqa
“qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o‘quv yilidan boshlab
Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning orasida
o‘zining qonuniy o‘rni va nufuziga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat
yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho
berib, uni davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi.
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik
mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan xalqimiz istiqbolimizni
belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir.
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan
islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy
ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy va iqtisodiy
yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat
ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir.
9
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u
soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkura
takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o‘qitish va o‘rganish yana shuning uchun ham
zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka
qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona g‘oya va mafkura hamda
zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning
mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |