234
“bosmachilar”ni qo`llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” a’zolari bilan
aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblandilar. Holbuki, S.Qosimov va
B.Sharipov o`z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat
doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi
tomonidan
O`zbekistonning
suverenlik
huquqi
va
milliy
manfaatlari
poymol
qilinayotganligini ochib tashlashdan cho`chimadi.
Davlat ayblovchisi Katanyan o`zining nutqida shunday deydi: “Spiridonov rus chorizmi
tarafdori bo`lsa, Qosimov-turk chorizmi uchun kurashgan, Alimov-bosmachilarning do`sti,
xususiy mulkchilik himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo-otuvga loyiqdirlar.”
1930-yilning 22-iyunida hukm e’lon qilinadi. Ularning hammasi yot sinf manfaatlarini
himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga faol yordam berganlikda ayblanadilar.
Katanyan so`nggi sud jarayonida: ”...adolatli qonun g‘alaba qilsin va qon to`kilsin!” deb
xitob qiladi. Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.
Bu jarayonning asl mohiyati ko`zga ko`ringan mahalliy arboblarni tugatishga
qaratilgan edi.
Minglab ziyolilar yo`q qilinishining cho`qqisi 1937-39-yillarga to`g‘ri keldi.1937-yil
dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O`Z KP (b) MQning “O`zSSR Xalq Maorif
Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar
to`g‘risida”gi qarori e’lon qilingandan so`ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa
mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida
o`qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.
Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg‘in va
qatag‘onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”-A.Ikromov, F.Xo`jayev, I.Karimov va
boshqalar o`zlarining Maorif komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro`ziyev, Sorokin,
Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo`htonlar “asos” qilib
olindi: “Ular turli choralar bilan o`zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg‘or vakili-
buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo`ldilar, yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat
qildilar... Ular bir tomondan, o`zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o`rganishga
imkon beruvchi rus tili o`qitilishiga qarshilik ko`rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-
leninizm klassiklarining asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilinishiga to`sqinlik qildilar.”
Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o`zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat,
Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo`ldilar. 30-
yillarda o`zbek adabiyotining Fitrat va Cho`lpon kabi “keksa” avlodi vakillarining erkin ijod
etishiga yo`l qo`yilmadi. Fitrat 1938-yil 4-oktabrda “...sovet hokimiyatiga qarshi aksilinqilobiy,
panturkistik ishlar olib borganlikda” ayblanib, otib tashlanadi.
Cho`lpon 1932-yili F.Xo`jayevning maslahati bilan Moskvaga borib, SSSR XKS va
SSSR xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon bo`lib xizmat qilayotganida, Toshkentda
Do'stlaringiz bilan baham: