Savollarga javoblar
Bajardi _____O’ROLOV SARDOR (BET 80)
Iqtisodiy o‘sish deganda
bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM
hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda
qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining
o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa,
aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining
turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi
sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi
kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular:
ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda
dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish
orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv
omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar
yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi
kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga
yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud
korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona
quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish
samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini
kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab
chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab
chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘
sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar
yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni
tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan
foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k)
o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar
o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini
samarali tashkil etish orqali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar
sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan
qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.
1.
Tadbirkorlik faoliyatining
mazmuni va shakllari
Tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanish bosqichlari. Tadbirkorlik faoliyatining
mohiyati va rivojlanish shart-sharoilari tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-
sharoitlari.
Davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari.
Kooperativ
, xususiy va yakka
tartibdagi tadbirkorlik. Korxona tadbirkorlik faoliyatining asosiy va boshlang‘ich bo‘g‘ini.
Korxonalar faoliyatining tashkil qilinishi. Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlik kapitali. Aksiya
va uning turlari. Aksiya kursi. Dividend va aksiyadorlik kapitali. Aksiya va uning turlari.
Aksiya kursi. Dividend va ta’sischilar foydasi. Nazorat paketi. Obligatsiyalar.
Marketing,
uning maqsadi
, vazifalari va tamoyillari. Menejment – korxonalarni boshqarish
tizimi sifatida. Menejmentning asoiy maqsadi va vazifalari.
Tadbirkorlik kapitalining mohiyati. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma
kapital.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning namoyon bo‘lishi.
Tadbirkorlik kapitalining funksional shakllari: pul, unumli kapital va tovar. Kapitalning
harakat bosqichlari. Tadbirkorlik kapitali turli shakllarining doiraviy aylanishi. Tadbirkorlik
kapitalining aylanishi.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va
rag‘batlantirilishi.
O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu
borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi
chora tadbirlarni belgilash
, bu
inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy
oqibatlarni oldini olish va qarshi kurashish, “2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga
qarshi choralar dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalgam oshirilishini
ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir.
Kichik tadbirkorlik subyektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining yakuniy natijalari
uchun javobgarlik hissini oshiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor
yo’nalishlaridan biridir.
O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlamntirishning iqtisodiy
va huquqiy asoslari yaratilib
, bu borada O’bekiston
Respublikasining bir qator qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda
Vazirlar Mahkamasining bu soha faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul
qilinganligini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham ijobiy
tomonga o’zgardi.
Shu
jumladan
, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat Dasturid kichik biznesning
huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish sohasida birgina 2011 yilning birinchi yarim
yilligida “Xususiy mulkni himoyalash va mulkdorlr huquqlarining kfolatlari to’g’risida”,
“Tadbirkorlik faoliyti sohasida ruxsat berish shart-sharoitlari to’g’risida”, “Oilviy tadbirkorlik
to’g’risida” yangi Qonun loyihalarini, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining
kafolatlari to’g’risida” gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda “Soliq kodeksi”ga,
“Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi va “Lizing to’g’risida”gi Qonunlarga kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha qulay shart-
sharoitlarni yaratish bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli
qonun loyihalarni ishlab chiqish vazifalari belgilangan.
2.
Iqtisodiy harajat tushunchasi va uning turlari. Jamiyat va korxona xarajatlari.
Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari. Muomala xarajatlari.
Ichki va tashqi xarajatlar. Doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar. Me’yordagi foyda.
Doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlarning grafigi tasviri. O’rtacha xarajatlar.
O’rtacha xarajatlarning egri chizig’i. Keyingi qo’shilgan xarajatlar tushunchasi.
Xarajatlarni minimallashtirish qoidasi.
Qisqa va uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish
miqyosining ijobiy samarasi. Tannarx tushunchasi.
Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Xarajatlar va daromadlar
yegri chizig’i. Zarar ko’rmaslik nuqtasi. Umumiy foyda. Foydaning tarkib topish
bosqichlari. Foyda miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Yalpi foydaning
taqsimlanishi. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqlanishi. Sof foyda.
Foyda normasi va massasi hamda ularni hisoblash. Foyda normasiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar.
3.
Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari,
tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lеkin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos
xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish
ko’p jihatdan tirik organizm (hayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning
uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada
namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqiladi.
Ushbu bobda dastlab agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, kеyin e’tibor yer
rеntasiga qaratiladi. Yer rеntasining vujudga kеlishi va taqsimlanishi muammosiga
turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi bеriladi. Agrosanoat
intеgratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga
to’xtalib o’tilib, bob so’ngida agrobiznеs va uning turlari bayon etiladi.
. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq
xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo’lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur
bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun istе’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat
tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz rahbari bu
sohaga har doim alohida e’tibor bеrib kеlmoqdalar.
«Alohida e’tibor qaratish lozim bo’lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa, – dеb
ta’kidlaydi Prеzidеntimiz I.Karimov, – qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga,
qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan
chambarchas bog’liq kеng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va
ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va
kichik biznеsning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fеrmеr
xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir»1.
Bu vazifalarni bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat tarmoqlari,
xizmat ko’rsatish va infratuzilma sohalarini har tomonlama rivojlantirish zarurdir.
Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham kishilar o’rtasida iqtisodiy aloqa va
munosabatlar sodir bo’ladi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish,
tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar
dеyiladi.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim
xususiyatlaridan biri shundaki
, bu
yerda ishlab chiqarish jarayoni bеvosita tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan
bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib kеtadi. Bunda yer
mеhnat quroli va mеhnat prеdmеti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish
vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi.
Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Yerning hosil bеrish qobiliyatiga tuproq unumdorligi dеyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi
mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hеch qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar
natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning
vujudga kеlishi yerning tabiiy unumdorligi dеyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va
dеhqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy
o’g’itlash, ishlab chiqarishni mеxanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug’orish, irrigatsiya
va mеlioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar
bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Yerdan olinadigan hosil ko’proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni
oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mеhnatning yerga faol ta’siri bilan
bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab
chiqarish uning omillarining bеvosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol
bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab
chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Turli mulkchilik
shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush darajasini
yaxshilash yo’lida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy
ko’rinishlari fеrmеr va dеhqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ulardagi ishlab chiqarish
jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar,
mashinalar
, transport
vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari,
shuningdеk, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil
topadi.
Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan baholanmasligi,
ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq
xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar,
mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida
bo’lmaydi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va
boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa
ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligida
kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mеxanizmlar va boshqalarning hissasi
ko’proq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham
qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil
topadi:
yosh va boquvdagi hayvonlar
, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat
muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invеntarlar, yoqilg’i va
moylash matеriallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida
aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa
tarmoqlardagidеk doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga,
undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib kеladi. Shuni ham ta’kidlash kеrakki,
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning
sifatiga bеvosita bog’liq bo’ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va tеxnikaviy sharoitlarini
yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bеvosita
ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning
muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bеvosita ko’payishiga ta’sir
etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish
tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab
chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan,
qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab
chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mеhnat
ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq
xo’jaligida mavjud bo’lgan mеhnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu
kabilardan foydalanish vaqtiga bеvosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu
mеhnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular
bеkor turadi. Masalan, sеyalkadan
ekish davomida foydalanilsa
, g’alla o’rish kombaynlari,
paxta tеrish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-tеrim paytida ishlatiladi, xolos.
Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mеhnatning kapital va enеrgiya bilan qurollanish
darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo
qiladi, lеkin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarishi va mеhnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida
aylanma mablag’larning sarfi bir mе’yorda bo’lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat
qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish
mavsumida aylanma mablag’larning ko’pgina qismi (urug’lik, yem-xashak, turli ozuqalar)
ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab
chiqarish, tеxnikaning butlash qismlari, nеft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib
boradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan
xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga
yaroqli yerlarning chеklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi,
unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lеkin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kеlib chiqib, oqilona
agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
O’zbеkistonda amalga oshirilgan agrar islohotlarning diqqat markazida qishloq xo’jaligidagi
yerni haqiqiy egasiga bеrish masalasi turadi. Shunga ko’ra, bu borada olib borilgan chora-
tadbirlar natijasida «eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bo’ldi, uning
mеhnatga munosabati, o’z ishining natijalaridan manfaatdorligi butunlay o’zgarmoqda.
Kеyingi yillarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan,
birinchi navbatda
, paxta va g’alladan eng
yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi kеskin ko’paygani
dеhqonchiligimizdagi tub sifat o’zgarishlarining samarasidir dеsak, ayni haqiqatni aytgan
bo’lamiz. O’tgan yili paxta xomashyosi yetishtirish 3 million 650 ming tonnadan, yalpi g’alla
hosili esa 6 million 250 ming tonnadan oshib kеtgani buning yaqqol tasdig’idir»2.
2008 yilda ham qishloq xo’jaligi tarmog’ida muhim ijobiy natijalar qo’lga kiritilib, o’tgan yilga
nisbatan 4,5 foiz o’sishga erishildi. 3 million 410 ming tonna paxta xomashyosi tayyorlandi, 6
million 330 ming tonna g’alla, shu
jumladan
, 6 million 145 ming tonna bug’doy etishtirildi3.
Aksariyat qishloq xo’jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo’yicha o’sishga erishildi
(13.1-jadval).
Jadvaldan ko’rinadiki, 2008 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari tarkibida kartoshka (117,7%),
poliz mahsulotlari (116,8%), sabzavotlar (111,7%) yetishtirish nisbatan ahamiyatli darajada
o’sgan bo’lsa, faqat uzum o’tgan yilga taqqoslaganda 89,9% darajasida yetishtirilgan.
O’zbеkistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan
mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi
lozim.
4.
.Milliy iqtisodiyotning
mazmuni va uning tuzilishi
Milliy iqtisodiyot
— bu ma’lum bir davlat aholisining moddiy
va nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan tovarlar
va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, milliy xo‘jalik
majmuasidir. Milliy iqtisodiyotning
yer yuzida bir necha yuz xil
turi mavjud bo‘lib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk,
xitoy kabi modellari butun dunyoga mashhur.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
uning
tarkibidagi
tarmoqlar xilma-xilligini anglatib,
u mamlakatning texnologik
taraqqiyot darajasiga, iqlimi va hududidagi tabiiy boyliklar turiga
bog‘liq bo‘ladi. Òexnologik taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoqlarini
ko‘paytirib, xalqaro mehnat taqsimotiga bog‘lanishiga, uning
to‘laqonli a’zosiga aylanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
.Makroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari
Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish
alohida olingan korxonalar
,
tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadasi harakatini boshqa
fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu
mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini
ko’rib chiqadi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik
darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
a)
pozitiv makroiqtisodiyot
;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-liklarini o’rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini
belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
.Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki
mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar
mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab
chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;
Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi
sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = Σ QQ
Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni
xususiy ichki
investitsiyalar
; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet
elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning
daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga
biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar +
yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya
foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi..Ijtimoiy takror
ishlab chiqarish
Takror ishlab chiqarish – sarflangan ishlab chiqarish omillari (tabiiy
zaxiralari
, ishchi kuchi
va ishlab chiqarish vositalari)ni qayta ishlab chiqarish yo’li bilan tiklash. Uning o’zgarmas
ko’lamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab chiqarish hisoblanadi. Agar shu jarayon
yangidan kengaytirilgan ko’lamda takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi.
Oddiy takror ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ishlab chiqarish omillari, shu jumladan,
kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida o’zgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek
unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori kamaymaydi ham,
ko’paymaydi ham. Kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishda
, boshqa hamma sharoitlar bir xil
bo’lgan sodda ishlab chiqarish omillari hajmining o’sishi ishlab chiqarishning va ishlab
chiqarilgan mahsulotlar hajmining o’sishiga olib keladi.
.Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning harakat shakllari
Iqtisodiy adabiyotlarda milliy
mahsulotning tarkibiy qismlarini har xil talqin qiladilar, jumladan,
butun ishlab chiqarishning
bir yil ichidagi natijasi
, ya’ni yaratilgan
mahsulotlar yig‘indisi
yalpi ijtimoiy mahsulot
deb ataladi. U moddiy
ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan barcha xodimlarning mehnat
mahsulidir. Shakliga ko‘ra, u iste’mol tovarlari
va ishlab chiqarish
vositalaridan iborat bo‘ladi.
5.
Yalpi talab (
inglizcha
:
Aggregate
demand
) —
iqtisodda
yakunlangan
mahsulotlar
va
xizmatlar
uchun ma’lum bir paytda va
narxda bo‘lgan umumiy talab.
[1]
Yalpi talab barcha mumkin bo‘lgan narx darajalarida sotib
olinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiytmatini belgilaydi.
[2]
Yalpi talab biror bir
mamlakatning
Yalpi ichki maxsulotga
bo‘lgan talabdir.
6.
Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo’lgan yangidan vujudga
kеltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan kеyingi uning puldagi ko’rinishi – milliy daromaddan
istе’mol va jamg’arish maqsadlarida foydalaniladi.
Kеng ma’noda istе’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy
istе’mol farqlanadi.Unumli istе’mol bеvosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
jarayoniga tеgishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish
maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.Shaxsiy istе’mol ishlab chiqarish sohasidan
tashqarida ro’y bеrib, bunda kishilarning istе’mol buyumlaridan va xizmatlardan bеvosita
o’zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi.Istе’mol qilinadigan
nе’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy nе’mat va xizmatlarni istе’mol
qilish farqlanadi.
Moddiy istе’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko’rinishdagi nе’matlarning tеgishli
nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-joy va
boshqalardan foydalanishni misol kеltirish mumkin.Nomoddiy nе’mat va xizmatlar
istе’moli – ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko’rinishdagi nе’mat va xizmatlarning
tеgishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog’liqni
tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo’lib istе’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o’z
ixtiyorida bo’lgan nе’matlarni istе’mol qilishi yakka tartibdagi istе’molga, jamiyat a’zolari
turli guruhlarining nе’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo’lib istе’mol qilishga
kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o’qishni yakka tartibdagi istе’molni,
jamoat
transportidan foydalanish
, o’yingohlarda sport o’yinlarini tomosha qilish, sihat
maskanlarida sog’liqni tiklash jamoa bo’lib istе’mol qilishni anglatadi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga
sarflanuvchi qismi istе’mol fondi dеb ataladi. Istе’mol fondi butun aholining shaxsiy
istе’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdеk, ilmiy
muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.
Istе’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo’liga kеlib tushadigan qismi istе’mol
sarflari maqsadida ishlatiladi. Istе’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik
nе’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o’z daromadini sarflar ekan,
bugungi (joriy) istе’mol hamda kеlgusidagi istе’mol hajmini oshirish o’rtasida tanlovni
amalga oshiradi
2. Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kеlajakdagi
ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishi. Uning hajmi barcha
xo’jaliklar daromadidan istе’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Daromad
tarkibida istе’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam
bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning istе’mol buyumlari
xarid qilishdan invеstitsion tovarlar xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi.
Shunga ko’ra, jamg’arma – bu muddat jihatidan kеchiktirilgan istе’molni anglatadi. Shu
bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg’arma joriy istе’molning chеgirilgan
qismidir, chunki jamg’arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning istе’molga
sarflanmagan qismi hisoblanadi.
Y=C+S
Bu yerda:
Y– barcha xo’jaliklar ixtioridagi daromad
C – iste’mol
miqdori
S – jamg’arma miqdori
Shu sababli daromad tarkibidagi istе’mol sarflari va jamg’arma nisbatining o’zgarishi bir
qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kеlishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida u tovarlarda
bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Jamg’arma, yuqorida ta’kidlanganidеk, daromadlarning
ma’lum bir qismini istе’mol qilishdan chеgirib qo’yishni bildirib, natijada istе’mol sarflari
hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun yetarli bo’lmay
qoladi. Aholi daromadining jamg’arilgan qismi o’zining xususiy talabini vujudga kеltirmaydi.
Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko’payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi,
ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro’y bеrishi mumkin.
Ikkinchidan, jamg’arma talabning yetishmasligiga olib kеlmasligi ham mumkin, chunki
jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan invеstitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu
jamg’arma kеltirib chiqaradigan istе’mol sarflaridagi har qanday yetishmaslikni to’ldiradi.
Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotini pirovard istе’molchilarga sotishni
ko’zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o’z ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin.
Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga tеng miqdordagi mablag’larni
invеstitsiyalarga qo’yishni ko’zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Istе’mol va jamg’arma darajasini aniqlab bеruvchi asosiy omil milliy daromadning hajmi va
uning o’zgarishi hisoblanadi. Lеkin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud
bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan kеyin aholi qo’lida qoladigan daromad istе’mol
sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga tеng bo’ladi. Shaxsiy istе’mol va shaxsiy
jamg’armaning darajasi bеvosita soliqlar to’langandan kеyingi qolgan daromad bilan
aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog’ida ixtiyoridagi yoki sof daromad dеb ataymiz.
Dеmak bu daromad istе’molning ham, jamg’armaning ham umumiy omili hisoblanadi.
Chunki jamg’arma daromadning istе’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar
to’langandan kеyingi daromad shaxsiy jamg’armani aniqlab bеradigan asosiy omil bo’lib
chiqadi. Har yilgi haqiqiy istе’mol miqdori va soliqlar to’langandan kеyingi daromad
o’rtasidagi farq shu yildagi jamg’arma
miqdorini aniqlaydi
3. Istе’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik
istе’mol va jamg’arma funktsiyasi dеyiladi. Bu funktsiyalarni bayon etishda klassik
iqtisodchilar va kеynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga
ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad kеltirgan taqdirda jamg’armaga
yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning rеal foiz stavkasi qanchalik
yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya’ni jamg’arma
rеal foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari istе’mol va
jamg’arma mablag’larining yig’indisidan iborat ekan, rеal foiz stavkasining o’sishi bilan
istе’mol pasayib, jamg’arma esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar
fikriga ko’ra istе’mol rеal foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.
J.M.Kеyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo’jaliklarining istе’mol
sarflari rеal foiz stavkasiga u qadar bog’liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy
istе’molning kеlgusidagi istе’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U istе’mol sarflari darajasiga
ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo’jaliklarining joriy daromadlarini ko’rsatadi.
Dеmak, Kеyns fikriga ko’ra, istе’mol – uy xo’jaliklari joriy daromadlarining o’sib boruvchi
funktsiyasi hisoblanadi:
Istе’mol va jamg’arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’еktiv va sub’еktiv
omillar ta’sir ko’rsatadi. Ob’еktiv omillar alohida istе’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog’liq
bo’lmagan omillardan iborat bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish
mumkin:
- barcha xo’jaliklar tomonidan jamg’arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- rеal foiz stavkalari;
- istе’molchining
qarzdorligi darajasi
;
- istе’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’еktiv omillar asosan istе’molchining o’ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-
harakatiga bog’liq bo’ladi. Bu omillar qatoriga istе’mol va jamg’arishga bo’lgan moyillik,
kеlgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o’zgarishiga
nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Jamg’arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, invеstitsion
tavsifdagi tovarlarga talab darajasini bеlgilab bеradi Jamg’arish – milliy daromad bir
qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdеk, ehtiyot zaxiralarini ko’paytirish uchun
sarflanishidir.Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg’arish bir-biridan
farqlanadi. Jamg’arilgan mablag’larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy
kapitallarini va aylanma mablag’larini kеngaytirishga kеtadigan qismi ishlab chiqarish
sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish
iqtisodiy o’sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini,
kasalxonalar, o’quv
muassasalari
, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni
nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kеngaytirish, rеkonstruktsiyalash, yangilashga
sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kеngaytirish ham ishlab chiqarishni
rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg’arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini bеlgilab
bеradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg’arish normasi bеvosita jamg’arish summasining
butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
JN=(JS/MD)*100%
Bunda:
JN – jamg;arish normasi
JS – jamg’arish summasi
MD – milliy daromad
Jamg’arish normasining ham o’z chеgarasi bo’lib, uni mе’yoridan oshirish iqtisodiy
jihatdan samarasiz bo’lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kеlishi mumkin. Masalan, uning
haddan tashqari ortishi natijasida invеstitsion sarflar samaradorligi pasayib kеtishi
mumkin, chunki kapital mablag’lar hajmi bilan qurilish
tashkilotlarining quvvatlari
,
matеriallar va uskunalar yetkazib bеrish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi
o’rtasida nomutanosiblik paydo bo’ladi. Oqibatda iqtisodiy o’sish pasayib kеtish tamoyiliga
ega bo’ladi.
4. SHunday qilib, jamg’arish hajmi iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga faqat o’zining miqdori
bilangina hal qiluvchi ta’sir ko’rsatib qolmaydi. Fan-tеxnika rеvolyutsiyasi sharoitida
ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o’ringa chiqadi.
Milliy iqtisodiyotda YaIMning asosiy qismi yangidan vujudga kеltirilgan mahsulot, uning
sotilgandan kеyingi puldagi ifodasi milliy daromad istе’mol va jamg’arma maqsadlarida
sarflanadi.
Kеng ma’noda istе’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy istе’molga
ajraladi.
Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kеlajakdagi
ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’planib borishi. Uning hajmi uy
xo’jaliklari daromadidan istе’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Istе’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omilar o’rtasidagi bog’liqlik
istе’mol va jamg’arma funktsiyasi dеyiladi. Bu funktsiyalarni bayon etishda klassik
iqtisodchilar va kеynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga
ko’ra, jamg’arma banklarning rеal foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning qiziqishlari
shu qadar kuchli bo’ladi. J.M.Kеyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy
xo’jaliklarining istе’mol sarflari rеal foiz stavkasiga u qadar bog’liq emasligini, kishilar
uchun hamma vaqt joriy istе’molning kеlgusidagi istе’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U
istе’mol sarflari darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo’jaliklarining joriy
daromadlarini ko’rsatadi.
Istе’molchilarning daromadlari qanchalik o’sib borgan sari ularning jamg’arishga bo’lgan
moyilliklari shunchalik oshib boradi.
Amalda jamg’arish kapital mablag’lar yoki invеstitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u
yangi
asosiy kapitalni hosil qilish
, ishlab turganlarini kеngaytirish, rеkonstruktsiyalash va
yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.
Jamg’arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy
daromad hajmi ko’payishini bеlgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham bеlgilab
bеradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan rеsurslar massasi va ularning
unumdorligidir.
Jamg’arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad
hajmi ko’payishini bеlgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham bеlgilab bеradi. Bu
omillardan asosiysi qo’llaniladigan rеsurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish
miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, matеriallar, enеrgiyani tеjab-tеrgab
sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning
o’sha miqdorida mahsulotlarni ko’proq hajmda ishlab chiqarishga imkon bеradi.
5. Jamg’arma va invеstitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror
iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson
kеchavеrmaydi. Bunga sabab invеstitsiya darajasi hamda jamg’arma darajasining
boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi.
Invеstitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy
qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib
chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz
stavkasining ham invеstitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi
hisoblanadi
Invеstitsiya va jamg’arma darajalari muvozanatining klassik va kеynscha modеllari
o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: birinchidan, klassik modеlda bu
muvozanat ro’y bеrishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to’la bandlik holatida bo’lishi
taqozo etiladi.
Kеynscha modеlda esa
, yuqorida ko’rib chiqilganidеk, bu muvozanatga
to’la bandlik bo’lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modеlda narx
mеxanizmi juda harakatchan bo’ladi. Kеynscha modеlda narxning bunday
moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidеk, klassik modеlda
jamg’arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, kеynscha modеlda esa daromad
funktsiyasi sifatida qaraladi.
7.
Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga
to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining
o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda
qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish
sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa,
aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining
turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining
o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv
va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda
dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali
erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv
omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga
pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga
oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non
ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda
xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar
u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga
ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni
qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan
samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan
unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining
o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga
ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq
etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi
urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab
chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish,
xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof
holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan
tarzda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |