Multimedia sohasidagi dasturiy ta’minoti uch sinfga ajratilgan:
I.
Multimediali ilovalar;
II.
Multimedia ilovalarini yaratishga moʻljallangan vositalar;
III. Multimediani qoʻllab-quvvatlovchi tizimiy dasturlar.
I.
Multimediali ilovalar. Ma’lum bir funksiyani bajarishga
moʻljallangan, koʻp hollarda oʻqish yoki dam olish maqsadida
foydalaniladigan dasturiy vositalar kompleksidir.
Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
qomuslar;
70
turli fanlar (sohalar) boʻyicha interfaol oʻrganish kurslari;
sayyohlik obyektlari haqida interfaol materiallar;
oʻyinlar va koʻngilochar dasturlar;
trenajorlar;
savdo reklamalar vostalari;
elektron prezentatsiyalar;
va boshqalar.
Jahonda va yurtimizda ham koʻplab multimediali ilovalar
tayyorlangan (Ushbu qoʻllanmaning ilovasida ayrim multimedia
mahsulotlar haqida qisqa ma’lumotlar keltirilgan). Yurtimizda buyuk
tarixiy siymolarga bagʻishlangan “Amir Temur: Shaxsiyati, Davlati,
Renessans”,
“Imom
al-Buxoriy
va
Ahmad
al-Fargʻoniy:
Sivilizatsiyaning yaratilishi” kabi qomuslar shular jumlasidandir (4.1-
rasm)[32]. Ta’lim sohasida foydalaniladigan elektron nashrlar ham
multimediali ilovalarga taalluqli.
«AMIR TEMUR: Shaxsiyati,
Davlati, Renessans»
multimedia-qomusi
«AHMAD AL-FARGʻONIY va
IMOM AL-BUXORIY:
Sivilizatsiyaning yaratilishi»
multimedia-qomusi
4.1-rasm. Multimedia-qomuslar namunalari.
II.
Multimedia ilovalarini yaratishga moʻljallangan vositalar:
matn
muharrirlari.
Matn
koʻrinishidagi
axborotlarni
tayyorlash uchun foydalaniladi. Ular jumlasiga Bloknot, MS Word kabi
kabi muharrirlar kiradi [18]. Ular haqidagi ma’lumotlar ushbu
qoʻllanmaning III bobida batafsil keltirilgan.
71
grafik muharrirlar. Tasvir koʻrinishidagi axborotlarni
tayyorlash uchun foydalaniladi. Ular jumlasiga rastrli tasvirlarni ishlash
uchun Adobe Photoshop, Pain.Net kabi muharrirlar, vektorli tasvirlari
ishlash uchun Adobe Illustrator, CorelDraw kabi muharrirlar kiradi. Ular
haqidagi ma’lumotlar ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil
keltirilgan.
videofilmlarni montaj va tahrir qiluvchi dasturlar. Ular
jumlasiga Adobe Premiere, Ulead VideoStudio kabi dasturlar kiradi.
Ular haqidagi ma’lumotlar ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil
keltirilgan.
animatsiyalarni yaratish dasturlari. Ular jumlasiga Mircmedia
Flash, KoolMovies kabi dasturlar kiradi.
tovushli axborotlarni yaratish va tahrirlash dasturlari. Ular
jumlasiga Sound Forge, Cool Editor kabi muharrirlar kiradi. Ular
haqidagi ma’lumotlar ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil
keltirilgan.
gipermatnni amalga oshiruvchi dasturlar. Sanab oʻtilgan
dasturlar yordamida sifatli tayyorlangan alohida matn, tasvir, audio,
video fayllarni multimediali ilova sifatida chop qilish uchun dasturlar.
Ular jumlasiga Toolbook Publisher, HyperMethod, Web Course Builder
kabi dasturlar kiradi. Eng sodda gipermatn tashkil etuvchi vosita HTML
dasturidir. U haqidagi ma’lumotlar ushbu qoʻllanmaning V bobida
batafsil keltirilgan.
III. Multimediani qoʻllab-quvvatlovchi tizimiy dasturlar:
CD-ROM privodlari, tovush platasi drayverlari. CD-ROM
privod yoki tovush platasi qurilmalarini boshqarish uchun drayverlar
oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
audio–video pleyerlari. Raqamli audio yoki videoni ijro etish
uchun maxsus dasturlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Odatda, Windows
operatsion tizimi oʻrnatilganda Windows media player dasturi avtomatik
tarzda oʻrnatiladi.
audio va video axborotlarni zichlovchi kompressiya va
dekompressiya vositalari. Bu axborotlarni yaratishda hajmni kamaytirish
72
uchun kompressiya (bu soʻzdan “Co”), ijro etishda kompressiya qilingan
axborot yana oʻz holiga qaytariladi, ya’ni dekompressiya (bu soʻzdan
“dec”) qilinadi. Ushbu turkumdagi dasturlar umumiy nom bilan “Kodek”
(Codec) deb ataladi. Audio va video axborotlarni yaratishda qaysi
kodekdan foydlanilgan boʻlsa, ijro etilayotgan kompyuterda shu kodek
oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Agar kodek kompyuterda oʻrnatilmagan
boʻlsa, audio yoki video ijro etilmaydi. Kodeklarga DivX, PCM kabi
dasturlar misol boʻladi.
multimediali fayllar bilan ishlashga moʻljallangan boshqa
turli utilitalar. Multimedia elementlari (tasvir, audio, video) axborotlari
ustida unitar (kichik bir funksiyani bajaruvchi) dasturlar boʻlishi lozim,
masalan, tasvirlarni “varaqlash”, “tartiblash” dasturlari.
Multimedia
ishlanmalarini
yaratish
uchun
samarali
texnologiyalardan foydalanish lozim. Mahsulot yaratish xarajatlarini
kamaytirish bilan birga sifatli multimedia ishlanmalarini ishlab chiqishni
ham ta’min etadi. Bunday texnologiyalar quyidagilardan iborat:
Matnlarni skanerlash va tanish – matn koʻrinishdagi
ma’lumotlarni skanerlash va undan matnni tanib olib, matn
tahrirlagichlari orqali tahrirlashga erishish. Skanerlash va tanish
dasturlarida ishlash ushbu qoʻllanmaning III bobida batafsil keltirilgan.
Televizion qabul – televizion signallarni qabul qilish va
monitorga chiqarish.
Videotutish
-
"tutish"
va
"toʻxtatish"
raqamli
videokadrlarning alohida qismini saqlash, tasvirga olish.
Animatsiya – rasmlarni ketma-ket keltirish natijasida tasvir
harakatini yaratish.
Tovush effektlari – suhandon ovozi, musiqa asboblari,
tabiatdagi tovushlarni raqamli formatda yozish, saqlash, tahrirlash.
Uch oʻlchamli (3D) grafika – faqat boʻyi, eni yoki balandligi
boʻyicha ham tasvirlarni yasash.
Virtual reallik. "Virtual" soʻzi "haqiqiydek oʻzini koʻrsatish"
degan ma’noni anglatadi.
73
Multimedia tizimlarining bugungi kunda rivojlanib kelayotgan
yana bir turi bu virtual reallikni ta’min etuvchi texnikalardan samarali
foydalanish. Maxsus texnika vositalaridan koʻzoynak, shlemlardan
foydalanib uch oʻlchovli tasvirlarni koʻrish imkoniyati yaratiladi.
Qoʻshimcha qurilmalar, qoʻlqop va boshqa bosh va tana holatini
aniqlaydigan datchiklardan foydalanib kompyuterga foydalanuvchining
reaksiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ular asosan dam olish
maqsadlarida ishlatiladi, ushbu dasturlar harakatlanayotgan predmetlar
va koʻrinishlarning tasvirini hajmli modellashtiradi va u orqali
oʻynovchining harakatlariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |