100
murojaat qilganligidir. Adabiy-estetik ideal va transformatsiyaga oid xorijlik va
vatanimiz olimlarining tahlilga tortilganligi, o„z navbatida, ular asosida
tadqiqotchi o„z mustaqil fikrlarini ham bildirib borganini qayd qilmoq lozim.
Shuningdek, u ko„plab internet manbalariga ham murojaat qilgan.
Dissertatsiyaning bu jihati P.Isoqova kelgusida o„z o„rniga ega, zamonaviy
ilmlardan xabardor adabiyotshunos olim bo„lib yetishishidan dalolat bermoqda.
Jizzax vohasidan ko„plab ijodkorlar yetishib chiqqan. Lekin P.Isoqova XIX
asrdan Istiqlolgacha bo„lgan davrni uchga bo„lib, har bir davr uchun o„sha
davrlarda yashagan eng peshqadam ijodkorlarning asarlarini tahlilga tortish
yo„lidan borgan. Bu yo„l, mening nazarimda, juda ham to„g„ri va oqilona bo„lgan.
Ularning barchasi ijodini mavzu doirasida tahlil qilishning imkoni yo„q. Bu
dissertatsiya hajmini oshirib, uning og„irlashib ketishiga sabab bo„ladi. Qolaversa,
bu ishni P.Isoqova kelgusida amalga oshiradi deb umid qilib qolamiz. Zero,
dissertatsiya mavzusi dolzarb va hozirga qadar ishlanmagan. Biz Isoqova ushbu
mavzuni doktorlik mavzusi sifatida davom ettirishini istab qolamiz.
P.Isoqovaning dissertatsiya mavzusi bo„yicha bir qator ilmiy maqola va
tezislarini respublika ilmiy nashrlarida e‟lon qilingan. Ko„plab ilmiy-amaliy
anjumanlarda ma‟ruzalar bilan ishtirok etgan. Bular asosida uning mavzu
yuzasidan olib borayotgan tadqiqotlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka
taqdim etishdan cho„chimasligi, ular bilan bemalol bahsga kirisha olishini
bilishimiz mumkinligini bilamiz.
Umuman olganda, Isoqova Parizod Shavkat qizining “Adabiy-estetik ideal
kategoriyasining transformatsiyalanish jarayonlari” (XIX – XX asr
va Istiqlol davri
Jizzax adabiy muhiti misolida) mavzusidagi 5A 111101–O„zbek tili va
adabiyotshunoslik doirasidagi magistr akademik darajasini olish uchun bajargan
ilmiy dissertatsiyasi yakunlangan tadqiqot holiga kelgan. Tadqiqotda bildirilgan
xulosa va umumlashmalar kelgusida adabiy-estetik ideal va adabiy-estetik
idealning transformatsiyalanish jarayonlari yuzasidan olib borilajak tadqiqotlar
uchun muhim manba bo„la oladi. Menimcha, tadqiqot natijalarini ozroq tirajda
bo„lsa ham nashr qildirish va keng ilmiy jamoatchilik hukmiga havola qilsa yaxshi
bo„lar edi.
Xulosa qilib aytganda, Parizod Isoqovaning magistrlik ilmiy darajasini olish
uchun taqdim etgan dissertatsiyasi magistrlik ilmiy darajasini olish uchun taqdim
etilgan dissertatsiyalarga qo„yilgan barcha talablarga mos keladi. Garchi adabiy-
estetik ideal kategoriyasi yuzasidan o„zbek adabiyotshunosligida bir qancha ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo„lishiga qaramay, hozirga qadar mazkur
kategoriyaning o„zgarib turishi, transformatsiyalanish jarayonlari yuzasidan biror
bir tadqiqot amalga oshirilgan emas. Tadqiqotning ana shu jihati o„zbek
adabiyotshunosligida ilmiy yangilik sifatida baholanishga loyiq. Uni ochiq
himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
filologiya
fanlari nomzodi,
professor Olimjon Jo„rayev
103
орқали трансформациялантирилган. Мазкур давр жиззахлик ижодкорларнинг
асарлари таҳлили мисолида ўзбек адабиѐтида ҳамиша Истиқлол, миллий
озодлиги, эрксеварлик, ватан ва миллат равнақи билан боғлиқ идеаллардан
воз кечмаган деган хулосага келиш мумкин, деб билдирган хулоса билан ҳар
томонлама асосли якун ясалган.
Булар билан бирга баъзи мулоҳазалар ҳам мавжуд. Бизнингча, асарлари
таҳлилга тортилган ижодкорлардан ташқари бошқа муаллифларнинг
асарларини ҳам диссертацияга жалб қилинса яхши бўлар эди, хусусан,
Оқилжон Ҳусанов, Комилжон Имомов, Сарвар Азимов, Иброҳим Дониш,
Туроб Мақсуд кабиларни. Шунингдек, Ш.Рашидов ижоди хусусида сўз
юритилганда И.Каримовнинг Шароф Рашидов ҳақидаги “Халқимизнинг
оташқалб фарзанди” асаридан, Жиззах халқи ҳақидаги фикрларидан
фойдаланилса яхши бўлар эди. Назаримда, Х.Лутфуллаева мақоласи номи
икки жойда икки хил кўрсатилган. (20-21 бетлар).
Албатта, билдирилган мулоҳазалар тадқиқотнинг умумий илмий
қимматини пасайтирмайди. Булар келгусида эътиборга олиниши лозим
бўлган истаклар.
Хулоса қилиб айтганда, ўзбек тили ва адабиѐти мутахассислиги
бўйича магистр академик илмий даражасига даъвогар Исоқова Паризод
Шавкат
қизининг
“Адабий-эстетик
идеал
категориясининг
трансформацияланиш жараѐнлари” (XIX–ХХ аср ва Истиқлол даври Жиззах
адабий муҳити мисолида) мавзусидаги 5А 111101–Ўзбек тили ва
адабиѐцҳунослик доирасидаги магистр академик даражасини олиш учун
бажарган ушбу диссертацияси чуқур илмий тадқиқ ва таҳлиллар асосида
яратилган. Мукаммал. Ҳимоя қилишга тайѐр. Юқори рейтинг балини
қўйишга арзийди.
Do'stlaringiz bilan baham: