Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal
xususiyatlardan ibo-rat bo‘ladi:
- ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi);
- elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi;
- ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish xususiyati
mavjud).
Yaxlitlik (integrallashganlik) xususiyati
Murakkab tizimning birortaelementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab
tizimga nisbatan xususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak,
ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan
ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z
hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan
bog‘liqligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |