27 - MA’RUZA : AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH
TIZIMLARINIG VAZIFALARI
Jarayonni ma’lum ketma – ketlikda va berilgan tartib bo‘yicha odam
ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuasiga texnologik jarayonni
avtomatik boshqarish deyiladi.
Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini
boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo‘ylanma
va ko‘ndalang harakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o‘zgartirishga
to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |