5. Fonеtika tilning tovush tizimini, tilda yuz beradigan asosiy tovush jarayonlari
o‗rganiladigan bo‗lim.
6. Fonologiya so‗z va so‗zshakllar ma‘nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi –
fonemalar o‗rganiladigan bo‗lim.
7. Orfoepiya bo‗limida talaffuz me‘yorlari o‗rganiladi.
8. Grafika bo‗limida har bir tilning yozuv va harflar tizimi o‗rganiladi.
9. Orfografiya bo‗limida to‗g‗ri yozishning qonun-qoidalari o‗rganiladi.
10. Morfеmika bo‗limida so‗zlarning morfologik tarkibi, ya‘ni o‗zak va qo‗shimchalar,
ularning turlari o‗rganiladi.
11. So‘z yasalishida so‗z yasash usullari o‗rganiladi.
12. Grammatikada tilning grammatik qurilishi o‗rganiladi. U ikki qismdan iborat:
1) morfologiyada so‗z turkumlari o‗rganiladi;
2) sintaksisda so‗z birikmasi va gap turlari o‗rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |