1. Tovushlar tizimi.
2. Lug‗at tarkibi.
3. Grammatik qurilishi.
Dastlab til og‗zaki shaklda paydo bo‗lgan va bu tilning asosini nutq tovushlari
tashkil etgan. Har qanday tilda muayyan miqdordagi nutq tovushlari mavjud
bo‗lib, bu shu tilning tovush tizimini tashkil etadi. Shu tovushlarning turlicha
birikishi orqali so‗zlar hosil bo‗ladi. Masalan, hozirgi o‗zbek tilida 30 ta nutq
tovushi bor. Shulardan a, d, m, o tovushlarining turlicha joylashtirilishi natijasida
odam, omad, moda kabi so‗zlarni hosil qilish mumkin.
Har qanday tilda mavjud bo‗lgan so‗zlar yig‗indisi shu tilning lug‘at tarkibi
(ayrim darsliklarda leksika) deb yuritiliadi. Lug‗at tarkibi bir tilni boshqa tildan
farqlantiradi. Leksika muayyan til paydo bo‗lgan paytdan boshlab shu tilning egasi
bo‗lmish xalq tomonidan boyitib borilishi lozim, aks holda bu til iste‘moldan
chiqib, o‗lik tilga aylanadi.
Lug‗at tarkibidagi so‗zlar tarixiy jihatdan aynan shu tilga tegishli bo‗lmasligi
mumkin, lekin bu so‗zlar shu tilda so‗zlashuvchi odamlar uchun o‗zaro muloqot
vositasi bo‗lib kela olsa, ular mazkur tilning lug‗at tarkibiga mansub bo‗ladi.
Masalan, kitob, maktab, a‟lo so‗zlari aslan arabcha bo‗lib, o‗zbek tiliga taxminan
VII-VIII asrlarda kirib kelgan. Hozirgi paytda bu so‗zlar o‗zbek millatiga mansub
barcha odamlar uchun tushunarli va ular shu insonlar tomonidan o‗zbekcha so‗zlar
sifatida qabul qilinadi. Hatto bu so‗zlar asosida kitobxon, maktabdosh, a‟lochi kabi
yangi so‗zlar ham yasalgan.
Tovushlar tizimi va leksikaning mavjudligi tilning muloqot vositasi darajasiga
ko‗tarilishi uchun yetarli emas. Buning uchun so‗zlar o‗zaro birikib so‗z birikmasi
va gaplar hosil qilinishi lozim. Buni esa tilning grammatik qurilishi belgilaydi.
Demak, muayyan tilga mansub bo‗lgan so‗z, so‗z birikmasi va gaplarning qurilishi
shu tilning grammatik qurilishi deb yuritiladi. ”Bizning fakultetimizda talabalar
ko„p to„garaklarga qatnashadilar” gapini olib ko‗raylik. Avvalo, so‗zlarning
qurilishini tekshiramiz: Biz-ning fakultet-imiz-da talaba-lar ko„p to„garak-lar-ga
qatnash-a-di-lar”. Ko‗rinyaptiki,
ko„p so‗zidan boshqa barcha so‗zlar turli ma‘noli
qismlarga ajraladi. Endi so‗z birikmalarining qurilishini tekshiramiz: Bizning
fakultetimizda, fakultetimizda qatnashadilar, ko„p to„garaklarga, to„garaklarga
qatnashadilar. Va, nihoyat, gap qurilishini tekshiramiz:
”Bizning (aniqlovchi)
fakultetimizda (hol)
talabalar (ega)
ko„p (aniqlovchi)
to„garaklarga (hol)
qatnashadilar (kesim)
”. Demak, tildagi har bir birlik o‗zining ichki qurilish
qonuniyatlariga asosan tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: