Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angel`m Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. U Shimoliy
Italiyada tug`ilgan, 1093 yilda Ketterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angel`m
o`zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi «Monopoliya» - xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish.
Bu isbot - kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson haetda ko`p ne`matlardan
foydalanadi. Bu ne`matlar esa eng oliy ilohiy ne`matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar
mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo`lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi
bo`lishi kerakki, biz uni xudo deb ataymiz.
Angel`mning ikkinchi asari «Prologion» xudo borligining neduktiv isbotidir. Uning
ta`kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g`oya mavjuddir. Bu g`oya esa
ob`ektiv mavjudlikka ega bo`lgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo`lmaganda edi,
narsa komil bo`lmas edi. Agar xudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan,
demak, xudo realikda mavjuddir. Arastu ta`limotining ko`p tomonlarini qabul qilgan o`rta asr
sxolastlari mo``tadil realistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakillari P`er Abelyar va Foma
Akvinskiylar bo`lgan.
Britaniyada tug`ilgan P. Abelyar (q0uo-qqrw) juda eshligidanoq o`z bilimi bilan mashhur edi.
Abelyar - mo``tadil realistdir. Uning ta`kidlashicha, reallik eki universaliy dastlab xudo aqlida
mavjuddir, undan keyin narsalarning o`zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir.
Abelyar «Men e`tiqod qilish uchun bilaman» degan g`oyani ilgari surgan. Ya`ni bilmaydigan, bilimsiz
kishidan ko`ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o`rgangan kishi abzal. Bunday kishi
aqidaparast emas, balki o`zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta`kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi.
Uning ta`kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo`llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning
fikricha, insonning o`limi xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni xudoga bo`lgan muhabbat
bilan taajjubga solish va odamlarga aqloqiy ta`sir ko`rsatish maqsadida sodir bo`ladi. Bu bilan odamlar
o`z haetini xudoga bo`yso`ndiradilar. Bu qarash ahloqiy ta`sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |