2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari.
3
È.À. Êàðèìîâ. Òàðèõèé õîòèðàñèç êåëàæàê é´³, «Ìóëî³îò», 1998, ¹5, Á.3.
89
89
Kishilarning
amaliy
faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qullayotgan bilimlarning qay
darajada chin bulishiga, ya`ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik tug`ri aks ettirishiga bog`liq. Xato fikrlar
predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib kursatadi, bilishda kup chalkashliklarga olib keladi.
Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni tug`ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan
kursata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning (faktning) uzi bilan solishtirish mumkin. Lekin
kup hollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan
bog`lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir.
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog`langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan
iborat bulgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar
(asoslar), isbotlash usuli-demonstratsiya.
Tezis-chinligi asoslanishi lozim bulgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun
diqqat-e`tibor uning chinligini kursatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning uzidan, yoki mulohazalar
tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki hodisalarning
sababini kursatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat buladi.
Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bulib faktlarni
qayd qiluvchi hukmlar, ta`riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy
umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, uzaro bog`langan va
tezisning mohiyatiga aloqador bulishi lozim.
Ta`riflar ham chin hukmlar bulib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan,
«Harakat - bu har qanday uzgarishdan iborat» degan ta`rif-chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi uz-uzidan ravshan bulgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson
tajribasida kup martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan buladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib
olish mumkin.
Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar urtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U
xulosa chiqarish shaklida buladi, ya`ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib
chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda
tezisning chinligi tug`ridan-tug`ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan hukmlardan
foydalanilmaydi. Tezis kup hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma`lum bir umumiy bilimdan,
masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «¤zbekiston -
mustaqil davlatdir» degan hukm (tezis) ning chinligi «¤zbekistonning mustaqil davlat deb e`lon
qilinishi, uning xalqaro miqyosda e`tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bulgan hukmning (antitezisning) xatoligini
kursatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bulishiga qarab apagogik isbotlash
va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apogogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( a ) urtasidagi
munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya harakatsiz mavjud emas» degan hukmning chinligini
asoslash uchun unga zid bulgan «Materiya harakatsiz mavjud» degan hukm olinadi.
Apogogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan
ma`lum bir natijalar keltirib chiqariladi (g`-bosqich), sungra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (q-
bosqich) va demak tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud» degan hukm chin
bulsa «Modiy predmetlar strukturasiz mavjud» degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin
buladi. Bizga ma`lumki, moddiy predmetlar strukturasiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning uzaro
aloqasisiz) mavjud emas. demak «Materiya harakatsiz mavjud» degan fikr xato, shu tariqa «Materiya
harakatsiz mavjud emas» degan fikrning chinligi asoslanadi.
Takrorlash uchun savollar
1.. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.
2. Mantiqiy isbotlash
Adabiyotlar
90
90
1.
Islom Karimov. ¤zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «¤zbekiston», 1998.
2.
Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yuq. «Muloqot», 1998,
3.
Islom Karimov. Barkamol avlod-¤zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov.
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yulida: T.6-T.: «¤zbekiston», 1998.
4.
Islom Karimov. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «¤zbekiston», 1999.
5.
I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor»
gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., ¤zbekiston, 2000.
6.
M. Xayrullaev, M. Haqberdiev. Mantiq, 4-bob.
7.
Yu.V. Ivlev. Logika, 3-bob, 3-paragraf.
8.
I. Raximov. Logikadan amaliy mashg`ulotlar va metodik tavsiyalar, 4-bob.
9.
N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar`-spravochnik. Mavzuga oid maqolalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |