82
82
Avtoritar
tafakkur
biror
muammoni urganishdan avval uzini «asosiy mulohazalar
yig`indisi» bilan cheklab quyadi. Bu mulohazalar yig`indisi tadqiqotning asosiy yunalishini belgilab
beradi va kupincha avvaldan ma`lum bulgan natijani keltirib chiqaradi. Dastlabki asos bulgan fikrlar
sistemasi namuna sifatida qabul qilinadi va boshqa fikrlar unga buysundiriladi. Agar asosiy
mulohazalarning deyarli barchasi avtoritetlar tomonidan aytilgan bulsa, uning davomchilariga bu
fikrlarni tushuntirish va izohlash qoladi, xolos. Bu yangiliklardan va ijodiylikdan mahrum bulgan fikr
yuritish usuli bulib, dialektik tafakkurga ziddir. Avtoritetlar, nufuzli manbalar, jamiyat a`zolari,
xususan yoshlarda milliy mafkura va milliy g`oyani shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Shu
urinda matbuotning, ayniqsa radio va televideniyaning u yoki bu manbaning avtoritet deb tan
olinishidagi roli e`tiborlidir. Bu haqda Prezidentimiz I. Karimov: «Bizning matbuotimiz,
televideniemiz ham tarixga oid maqolalar chop etganda, kursatuvlar tayyorlaganda bir kishining fikrini
yagona haqiqat sifatida qabul qilinishiga yul quymasligi darkor. Muayyan masalada turli fikrlarni
berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim»
2
, – deb ta`kidlagan.
Avtoritetlar masalasi murakkab va kup qirralidir. Shu sababdan fikr-mulohazalarning chinligini
asoslashda avtoritet hisoblangan fikrlardan konkret sharoitga mos ravishda, meyorga amal qilgan holda
foydalanish zarur.
Urf-odat avloddan avlodga meros bulib utadigan va muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan
qabul qilingan bir xil shakldagi hatti-harakat, xulq-atvor usuli bulib, kishilarning turmush tarzi va fikr
yuritishiga ma`lum darajada ta`sir kursatadi. Urf-odatlarga asoslangan holda fikr yuritish va harakat qilish
kupincha kishilarning turmushi, ahloqiy me`yorlar va xalq marosimlari doirasida namoyon buladi. Milliy
g`oya va milliy mafkura urf-odatlar orqali ham jamiyat a`zolarining ongiga singib boradi. Jamiyat yoki
ijtimoiy guruh tomonidan biror shaxs yoki voqea-hodisaga nisbatan bulgan munosabat muayyan urf-
odatlar bilan asoslanadi. Bunda biror xatti-harakatni asoslash uchun «urf-odatlarimizga kura...» - deb fikr
yuritiladi.
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bulib, unda bir yoki undan ortiq uzaro bog`langan
muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. Mulohazalarning chinligini asoslash tafakkurning eng muhim
hususiyatlaridan biri bulib, fikrlarimizning mantiqli, tartibli, ishonarli bulishini ta`minlaydi.
Shunday qilib, tug`ri tafakkurning yuqorida kurib utilgan qonunlarining har biri chin bilimga
erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas,
balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog`lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga
kura fikrlash jarayonida har bir mulohaza qat`iy mazmunga ega bulishi, aynan shu fikr doirasida
uzgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zid
mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.
Demak, bu qonunlarning talablari bir-birini tuldirgan holda, yaxlit mantiqiy tafakkurning chin
bulishini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: