MUNDARIJA
KIRISH.GIS dasturlarida foydalanishning maqsadi.
................................................. 4
KURS ISHINING ASOSIY VAZIFASI.
.......................................................................... 6
HUDUD TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR.
.................................................................. 8
KURS ISHINING ASOSIY BAJARILISH METODIKASI.
.................................. 10
XULOSA.
................................................................................................................................... 23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
............................................... 24
KIRISH.GIS dasturlarida foydalanishning maqsadi.
Birinchi marta geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar o‘rtasida
Kanada davlatida paydo bo‘lib, Kanada Geografik Informastiya Tizimi
(Kanadian Geographik Information System KGIS) deb atalgan.
Geoaxborot tizimi boshqa adabiyotlarda to‘liq nom bilan geografik
axborot tizimi yoki qisqacha GAT deb ham yuritiladi. Tizimning asosiy
maqsadi Kanada yer resurslarining inventarizastiyasini o‘tkazish va shu
asosida yer resurslarini mavjud holati va kelajakdagi potentsialini
aniqlashdan iborat edi. Hozirda rivojlangan davlatlarda GAT ko‘pgina
ijtimoiy sohalarda, iqtisodda, siyosatda, ekologiyada, tabiiy resurslarni
boshqarish va tabiatni muhofaza qilishda, kadastrda, ilm-fan va
boshqasohalarda qo‘llanilib kelmoqda. GAT bizning sayoramizga
tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: kartografiya,
distanstion zondlash, statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik
ma’lumotlar, dala ekspedistion materiallarini kuzatish, burg‘ulash
natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni integralashtirgan holda
barcha jabhalarni egallab kelmoqda. GATni kengroq rivojlantirishda
xalqaro asossastiyalar (BMT, EX, va b.), katta-katta davlat uyushmalari,
vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, shaxsiy
firmalar va ilmiy institutlar qatnashmoqdalar.Ko‘plab davlatlarda
maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan bo‘lib, ularning
vazifalariga: Geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan kartografiya,
davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy
rejalashtirish, huquqiy muammolarni o‘z ichiga olgan geografik
axborotlarni sir saqlagan holda yig‘ish va tarqatish va boshqa vazifalar
kiradi. O‘zbekistonda 1991-92 yillarda O‘zdavgeologqo’mita fondi
tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik
ma’lumotlar bazasini yaratishni o’z ichiga olgan geoaxborot tizimi
tuzilgan edi. 1996-99 yillarda “GGP-Kiziltepageologiya” ekspedistiyasi
bilan hamkorlikda Toshkent shaxri uchun 1:25000 masshtabda, Fargona
vodiysi uchun 1:200000 mashtabda va O‘zbekiston uchun 1:1000000
masshtabli raqamli kartalar Geo-Ekologik GAT-proyekti uchun tuzildi.
1997-98 yillarda O‘zbekistonning 1:1000000 va Toshkentning 1:25000
masshtabli raqamli kartalari tuzildi. Hozirgi kunga kelib Toshkent
shaxrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari MAGK korxonasi
tomonidan to‘liq tuzilib bo‘lindi. MAGK va Koreya Respublikasining
KOIKA agentligi o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasida geoaxborot
tizimi tuzish” loyihasi 2006 yil avgust oyidan boshlab ishga tushdi. Bu
loyihada Toshkent shaxri va Toshkent viloyati bo‘yicha GAT tizimi va
ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. Albatta geoaxborot tizimini
tuzish juda ham katta mablag‘ va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli
xalqaro kreditlarning o‘rni katta. Yana hozirda BMTRDning loyihasi
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida Geoaxborot tizimini yaratish
bo‘yicha ham ishlar boshlangan. Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali
komputer texnologiyalari rivojlanmagan zamonda yashayapsiz. Siz
ishlayotgan vazirlikka davlat tomonidan mavjud tabiiy resurslar
to‘g‘risida umumiy ma’lumot to‘plash va shu asosida tabiiy
resurslarning bugungi va kelajakdagi zahiralarini aniqlash vazifasi
yuklatilgan bo‘lsin. Albatta bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish
uchun sizga avvalombor ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar,
har xil texnologiyalar va ularni tasvirlash uchun juda ko‘p miqdordagi
qog‘oz mahsulotlari talab etiladi.
KURS ISHINING ASOSIY BAJARILISH METODIKASI.
Kurs ishi loyihasini bajarish jarayonida SasPlanet dasturi
yordamida kartografik asosni ko’chirib oldim, ko’chirib olganimdan
so’ng ularga mavzu bo’yicha shartli belgilarni va legendalarni
shakilantirdim. ArcCatalog dasturi yordamida chiziqli, maydonli va
nuqtali qatlamlarni shakilantirib oldim. So’ngra ArcGIS ilovasida
kartografik asos va ArcCatalog da tuzilgan bazadan foydalanib
chegaralarni, daryo, yo’l, ko’l va tuman markazlarini chizib oldim.
Nuqtali qatlamlarni ikki sinfga ajratdim tuman markazi va aholi
punktlariga. Maydonli qatlamni ko’l va suv ombori sinflariga ajratdim.
Chiziqli qatlamni yo’l va chegaralar sinfiga ajratdim. Tuman
chegaralarini alohida ajralib turishi uchun xar xil ranglar bilan
ifodaladim xar bitta tuman chegarasi uchun alohida rang. Yo’l, daryo,
ko’l, tuman markazi, aholi punkti, suv omborini atributiv ma’lumotlarini
to’ldirib chiqdim. Masalan: aholi punktini nomi, suv omborini nomi,
chegaradosh tumanlarni nomlarini yozib chiqdim. Yo’lni qora rang bilan
belgiladim. Ko’lni esa och xavorang, suv omborini to’q xavorang.
Vstavka menyusidan rasmlarni qo’shib olib kerakli joyga kerkli hajmada
joyladim. Vstavka menyusidan kartaga sarlavha yozdim. Vstavka
menyusidan shartli belgilarni shakilantirib oldim va kerkli joyga
joylashtirdim. GAT ikki tipdagi axborotga birga ishlov berishni nazarda
tutadi:
1. Geografik (fazoviy, kartografik) axborot;
2. Atritbutiv (nofazoviy, semantik, tematik, ta’rifiy, jadvalli) axborot.
Geografik axborot GATda ob’yektlarning fazoviy o’rnashgan joyini
(koordinatalari, grafik rasmiylashtirish elementlari) ta’riflash bilan
ifodalanadi. Ma’lumotlar raqamli shaklda magni tasmalarida, magnit,
optik va “qattiq” disklarda bo’ladi hamda suratni ma’lumotlarning u
yoki bu modelida vizuallashtirish uchun xizmat qiladi. Misol uchun, uy-
joy imorati displeyda poligon ko’rinishida (grafik qismi) ifodalanishi
mumkin, atributiv ma’lumotlar bazasida esa uning maydoni, pochta
manzili, qavatlari soni, devorlarining materiali, fundamentining tipi,
qurilgan yili va h.k.lar joy olgan bo’ladi.
Rasm-2. ArcCatalog yordamida yangi qatlam hosil qilish.
Rasm-3. ArcCatalog yordamida yangi maydonli qatlam hosil qilish.
Rasm-4. Chizishni boshlash redaktor knopkasi orqali.
Rasm-5. Chizish kerakli bolgan qatlamni tanlash.
Rasm-6. Chizilgan chziqni atributlarini to’ldirish.
Rasm-7. Nuqtali qatlamga o’tib tuman markazini va aholi punktlarini chizish.
Rasm-8. Maydonli qatlamga o’tib daryo va suv omborini chizish.
Rasm-9. Atributiv ma’lumotlarini to’ldirish.
Rasm-10. Maydonli qatlamni sinflarga ajratish.
Rasm-11. Maydonli qatlamni suv ombori va ko’l sinflariga ajratish.
Rasm-12. Tuman markazi va aholi punktlarini nomlarini chiqarish.
Rasm-13. Nuqtali qatlamni tuman markazi va aholi punkti sinflariga ajratish.
Rasm-14. Xaritaga sarlavha qo’yish(vstavka menyusi orqali)
Rasm-15. Shartli belgilarni joylashtirish.
Rasm-16. G’ijduvon irrigatsiya va melioratsiya xaritasi.
Rasm-17. Shartli belgilar.
XULOSA.
G‘ijduvon tumani iriigatsiya va melioratsiya xaritasini zamonaviy
ArcGIS dasturi yordamida statistik ma’lumotlardan va kartografik
asosdan foydalanib raqamli xaritasini yaratdim. ArcGIS yordamida
kartalarni raqamli modelini yaratish mumkin. Ko’chaga chiqmagan
holda kartalarni shakilantirish, statistik ma’lumotlardan foydalanib
diagrammalar yaratish mumkin. Xaritalarni uch o’lchamli modeliniham
yaratish mumkin. Eng asosiysi soda va qulay dastur hisoblanadi,
o’rganishga oson. ArcGIS dasturi navigatsiya, transport, qurilish,
geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda
keng qoʻllanilmoqda. ArcGIS yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida,
kartografiyada va geodeziyada keng qoʻllanilmoqda, chunki katta
hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa koʻrinishdagi
maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni mumkin. Ishlab
chiqarishga borganimda GIS dasturida o’rgangangan bilimlarimni
qo’llayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |