59
32. 1510-yil - Shayboniyxon va Eron hukmdori shoh Ismoil qo‘shini to‘qnashdi. Marv yaqinida bo‘lgan
jangda Muhammad Shayboniyxon qo‘shinlari yengildi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda
halok bo‘lishdi.
33. 1511-yil kuzi - Bobur Eron shohi Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo‘lga kiritdi.
Lekin, yana qo‘ldan chiqaradi.
34. 1512-1526-yillar - Bobur Kobulni idora qildi.
35. 1517-yil - Mahmud ibn Ahmad Foriziyning «Risola dar muaddili qamar» (Oy fazolarining tengligi
haqida risola;) asarini yozgan.
36. 1526-1858-yillar - boburiylar saltanati 332 yil hukmronlik qildi.
37. 1526-yil - tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj», «Muqaddimoti dastur al-iloj»
(Davolash bo‘yicha dastur) asarlarini yozgan.
38. 1526-yil - Bobur Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diy qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Hindistonda
boburiylar sulolasiga asos solindi.
39. 1533-1540-yillar - Movarounnahrda Ubaydullaxon hukmronligi.
40. 1534-1598-yillar - Abdullaxon II hayot faoliyat ko‘rsatgan yillar.
41. 1540-1541-yillar - Buxoro xonligida Abdullaxon I ning hukmronligi.
42. 1541-1546-yillar - yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar Yunusxonning nabirasi,
tog‘avachchasi Abdurashidxonga bag‘ishlab «Tarixi Rashidiy» asarini yozadi.
43. 1541-yil - Muhammad Husayn Samarqandiy ilmi tib va dori-darmonlar haqida asar yozgan.
44. 1545-1550-yillar - Said Muhammad Tohir ibn Abulqosim «Ajoyib ut-tabaqot» asarini yozgan.
45. 1550-yil - Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo‘minobodiy «Hisobi amali shabaka» (Shabaka
jadvali amali hisobi;) asarini yozgan.
46. 1552-yil - Ivan Grozniy Qozon xonligini bosib oldi.
47. 1555-yil - Moskvada «Moskva savdo kompaniyasi» tashkil etilgan.
48. 1556-1585-yillar - Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv
ayirg‘ichlari; Nurota tog‘ida Oqchob, Murg‘ob vohasida Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan
tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq
dashtini
obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka‘ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo‘yga,
Murg‘obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar
qazilgan.
49. 1556-yil - Ivan Grozniy Hojitarxon (Astraxan, Ashtarxoniylar) xonligini bosib oldi.
50. 1556-yil - Muhammad Islomning ko‘magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi.
Muhammad Islom Alloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi.
51. 1557-1558-yillar - Abdullaxon II tomonidan Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali
Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo‘ladilar.
52. 1557-1561-yillar – Buxoro xonligida Pirmuhammadxon Ining hukmronligi.
53. 1558-yil - «Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining
guvohnomasi bilan Buxoroga yuboriladi. Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni Buxoro-Rossiya
munosabatlari Abdullaxon II tomonidan qabul qilindi.
54. 1572-yil, 1577-yil - Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga o‘zining elchilarini yuborgan yillar.
55. 1578-yil - Abdullaxon II Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yil - Badaxshonni
zabt etdi.
56. 1584-yil - Hofiz Ko‘hakiy Toshkentda vafot etadi.
57. 1598-1601-yillar – Buxoro xonligida Pirmuhammadxon II hukmronligi.
58. 1598-yil - o‘z davrining yetuk tabibi, tib olimi Ubaydulloh Kahhol ibn Muhammad Yusuf Toshkand
hokimi Darvishxonning buyrug‘iga binoan «Shifo ul-ilal» asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko‘p
bo‘lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo‘llanma tarzida undan foydalanilgan.
59. 1598-yil fevral - Shayboniy Abdullaxon II vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Abdulmo‘min o‘tqizildi.
60. 1601-yil - Pirmuhammadxon bilan ashtarxoniy Jonibek Sultonning o‘g‘li Boqi Muhammad o‘rtasida
Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol mavzeyida jang bo‘ladi. Jangda Pirmuhammadxon engiladi va
80 yoshida qatl etiladi.
61. 1993-yil - O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan Bobur tavalludining 510 yilligi keng
miqyosda nishonlandi. Andijonda Bobur haykali o‘rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. «Bobur
milliy bog‘i» va shu bog‘ qoshida «Bobur va jahon adabiyoti» nomli muzey tashkil etildi.