Budun – chorvador aholi; qora bo‘dun – qora xalq.
Darra – charm va qayishdan to‘qilgan yo‘g‘on va og‘ir zarb beruvchi qurol.
Dargoh – xonlikda oliy davlat idorasi.
Dasturxonchi – xonning huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun masul amaldor.
Daftardor – xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor.
Daha – qadimda shaharning o‘n mahallasini o‘z ichiga olgan ma‘muriy hududni anglatgan.
Dahma – maqbara, mavzoley yer osti yoki yer usti sag‘anasi, qabr ustiga qo‘yilgan yodgorlik.
Dashti Qipchoq – Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan to Dnepr
daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan hudud.
Devon – davlat boshqaruvi idorasi, vazirlar mahkamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |