ONA TILI VA ADABIYOTI
61. Navoiy asariari lug'atida qo'llangan qaysi fe'l bahridan
o'tmoq, kechmoq, tark qilmoq ma’nosini ifodalamaydi?
A) bosh tortmoq B) boshdin quymoq
C) to'g'ri javob berilmagan D) bosh olib chiqmoq
62. Yasalishga asos qismi yasama fe’ldan yasalgan so‘zni
aniqlang.
A) qo‘riqchilik B) atama
C) o‘ynoqiliging D) qiynog‘i
63. Qaysi qatorda takrorlash va juftlash orqali hosil bo’lgan
yangi so’zlar berilgan?
A) tun-kun, sira-sira, erta-indin, el-u yurt
B) uzil-kesil, nari-beri, yildan yilga, o’z-o’zidan
C) kirdi-chiqdi, birma-bir, aql-zakovat
D) savol-javob, bog’-rog’, yugur-yugur
64. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad –milliy o‘zligimizni
chuqurroq anglash. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha
qo`shilishi natijasida nechta so`zda tovush almashishi yuz
bergan?
A) tovush almashishi yuz bermagan B) 3
C) 2 D) 1
65. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud bo‘lgan gapni toping?
A) Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
B) Qadr bilmas qarindoshdan, qadr qilgan yod yaxshi.
C) Har qadamda xalqob bo`lib yotgan ko`lmaklar yerga
singib ariqlardagi loyqalar tina boshladi.
D) Ot chopsa, gumberlar tog`ning darasi
66. Bir necha ergash gapli qo’shma gap qismlari yozuvda qanday
tinish belgilari bilan ajratiladi?
A) ikki nuqta B) nuqtali vergul
C) tire D) vergul
67. Nechta so‘zda nuqtalar o‘rniga chuqur til orqa undoshi
yoziladi?
…avotir, …alacho‘p, …okandoz , …ayol, …atti-harakat, …
ohlamoq
A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
68. Buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma Rasmiy
uslubning qaysi turiga mansub?
A) sof qonunchilik uslubi
B) diplomatik uslub
C) idoraviy devonxona uslubi
D) sof tadbirkorlik uslubi
69. Qaysi gapdagi sodda yasama fe’l ko’chma ma’noda?
A) Opam hammamizni yaxshilab tuzladi.
B) Dunyoda pok odamlar qancha ko’paysa, nopok odamlar
shuncha kamayadi.
C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
D) Negadir domla uzoq vaqt gapni cho’zib turdi.
70. Egasi umumlashgan gapni belgilang.
A) Vazifani vijdonan bajarish kerak.
B) Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma.
C) O’qigan o’qdan o’zar, o‘qimagan turtkidan shoshar.
D) Bilmaganni so’rab o’rganmoq lozim.
71. «Tarqaldi, ketdi» ma’nosini bildiruvchi eski o'zbek adabiy
tiliga xos so'z qaysi qatorda berilgan?
A) ko'kramak B) ortturdi
C) butradi D) teyu bildi
72. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar sonini toping.
xanuz, xiylakor, hushyor, hijjalamoq, nomoyon
A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
73. Quyidagi bоg’lanishlarning qaysi biri bitishuvli birikma
hоsil qila оladi? 1) sоn+оt: 2) sifatdоsh+оt: 3) оt+оt: 4)
оlmоsh+оt:
A) 3, 4 B) faqat 3
C) faqat 4 D) 1, 2, 3, 4
74. Gapning egasi ajratilgan gapni tоping
A) Biz - hammamiz, bir оilaning bоlasimiz
B) Uzоqdan оtliqlarning-Alishеr va uning
hamrоhlarining-qоrasi kõrindi
C) Bu хabar kõplarni, shu jumladan Mahkamni ham,
juda quvоntirdi
D) Paхtakоr õzbеkman-zabardast, mag’rur
75. Quyidagi murakkab qo`shma gap turini aniqlang.
Odam yurakdan qaynab kulsa, sog`ligi yaxshilanadi, ruhi
tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi.
A) aralash murakkab qo`shma gap
B) bir necha gapli ergash gapli murakkab qo`shma gap
C) qismlari uyushgan murakkab qo`shma gap
D) bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap
76. Budun, ko‘ch, yag‘i so'zlari hozirgi o'zbek tilida qanday
nomlanadi?
A) osmon, yuk, yov B) xalq, urug', yov
C) olam, yuk, bog' D) xalq, ko'chmoq, dushman
77. Qaysi uslubda fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish
maqsad qilinadi.
Atamalar qo‘llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa
tushunarli bo‘lishi uchun izohladi?
A) rasmiy so’zlashuv uslubi
B) sof ilmiy uslub
C) ilmiy ommabop uslub
D) sof qonunchilik uslubi
78. Fellarning vazifa shakli qo’shimchalari fe’lning qaysi lug’aviy
shaklini hosil qilganda bir unli tovush boshqasiga aylanishi
mumkin?
A) Ravishdosh va sifatdosh
B) Ravishdosh, sifatdosh va sifat nomi.
C) Harakat nomi
D) Ravishdosh
79. 1)
tilla,
tish;
2)
masala,
yеchmоq;
3)
o‘rtоqlar,
suhbatlashmоq; 4) quvnоq, yashamоq; 5) shahrimiz,
ko‘chalar; 6) Salima, ko‘rishish; 7) siyоh, bo‘yamоq;
8) qizil, оlma. Bеrilgan so‘z juftliklarining qaysilaridan
bitishuv hоsil qilish mumkin?
A) 1, 2, 4, 8 B) 1,4,8
C) 2, 3, 6, 7 D) 5, 6
80. Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga
tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat’i nazar, shu
maydonni qatnashchisiga aylantirish, bizni eng samarali
yo‘limizdir. Berilgan gapda noo'rin qo‘llangan tushum va
qaratqich kelishiklarining sonini toping.
A) 3 o'rinda tushum, 3 o'rinda qaratqich kelishigi
B) 2 o'rinda tushum, 1 o'rinda qaratqich kelishigi
C) 3 o'rinda tushum, 1 o'rinda qaratqich kelishigi
D) 3 o'rinda tushum, 2 o'rinda qaratqich kelishigi
81. U o‘z vataniga muhabbatni va yurt taqdiri haqida yozilgan
fikrlarni, falsafiy-badiiy mushohadalarni she’riy satrlarda
ushbu to‘plamga jamlagan.
Ushbu gapdagi moslashuv usuli bilan bog‘langan tobe
bog‘lanishlar sonini toping.
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta
82. “Susambil” ertagida eshakka Susambilga borishda hamrohlik
qilgan jonivorlarni tartib bilan sanang.
999991
TEST(22.06.2019)
22.06.2019
SATT A.5.9.ERQFTR © SHAMS 2009-2019
"XORAZM ILM ZIYO" NTM
4/5
A) Ho‘kiz, xo‘roz, kalamush, arilar
B) Xo‘roz, kalamush, ho‘kiz, arilar
C) Xo‘roz, ho‘kiz, kalamush, arilar
D) Arilar, kalamush, ho‘kiz, xo‘roz
83. T.To‘laning balеt librеttоsini toping
A) “Mоmоyеr” B) “Qizbulоq”
C) “Zulmatdan ziyo” D) “Samarqand afsоnasi”
84. Xayriddin Salohning qaysi she’rida “Nonning lazizligiga
tandirdagi olov sababchiligi bilan insonning azizligiga
to‘kilgan manglay teri bois ekani borasidagi parallel”
tasvirlar uchraydi?
A) “Yulduzlar afsonasi”
B) “Yulduzlar haqida ertak”
C) “Ko‘krak ochdim shamollarga”
D) “Yer va ter”
85. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida aytilishicha “insonning ichini
yondiruvchi, uni tubanlikka boshlovchi va yuzini qora
qiluvchi o‘t” nima?
A) hasad B) johillik
C) kibr D) axloqsizlik
86. “Avesto”da qurbonlik qilinadigan joy nima deyiladi?
A) Vendidod B) Otashgoh
C) Opoxtor D) Parastishgoh
87. “Boburnoma”da “Purshar va sho‘r yerlar edi, turk va
mo‘g‘uldin ulus anda yig‘ilib edilar”,- deb qayer ta’riflanadi?
A) Qarshi, G‘azna B) Andijon, Qo‘qon
C) Buxoro, Kobul D) Kobul, G‘azna
88. Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi kim bo’lgan?
A) Kul tigin B) Bilga xoqon
C) Yo’llug’ tigin D) To‘nyuquq
89. “Kuntug‘mish” dostonida kimning laqabi Qilichxon edi?
A) Go‘ro‘g‘li B) Qoraxon
C) Avliyoyi Qoraxon D) Buvraxon
90. «Kun va tun» chistonidagi «ko‘rmagan» - «sig‘magan»
qofiyasidagi qaysi tovush raviy?
A) «o» unlisi. B) «a» unlisi.
C) «d» undoshi. D) «n» undoshi.
999991
TEST(22.06.2019)
22.06.2019
SATT A.5.9.ERQFTR © SHAMS 2009-2019
"XORAZM ILM ZIYO" NTM
5/5