SA’LABA ARABLARINING ELCHILARI
Sa’laba arablari musulmon bo‘lganining xabarini yetkazish uchun to‘rt nafar elchi
keldi. Ular payg‘ambar alayhis-salomga uchrashib: "Ey rasululloh, biz xalqimiz
musulmon bo‘lganini aytgani keldik. Eshitishimizcha, hijrat qilmaganlar musulmon
hisoblanmaydi, degan emishsan. Shu gap rostmi?" deyishdi. Rasululloh: "Qaerda
bo‘lsangiz ham taqvo qilsangiz musulmon hisoblanasiz", dedilar va el-yurtning ahvoli
bilan qiziqdilar, Yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, odamlar farovon yashashyapti", deyishdi
elchilar. "Xudoga shukr", — yengil tin oldilar rasululloh. Elchilar Madinada bir necha kun
mehmon bo‘lishdi. Qaytayotganlarida payg‘ambar alayhis-salom ularning har biriga besh
uqiyadan kumush sovg‘a qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |