www.ziyouz.com kutubxonasi
134
deyishdi. Bir guruh arobiylar ham o‘zlarini ojizligini va yo‘l xarajatiga qurblari
yetmasligini aytib safarda qoldirilishini o‘tinishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning
talabini qondirdilar. O’z uzrini aytgan munofiqlar ham safardan qoldirildi. Olloh taolo bu
ishlari uchun payg‘ambar alayhis-salomni koyib, Tavba surasining 43-oyatini nozil qildi:
"Olloh seni kechirdi. Rost so‘zlaguvchilar bilan yolg‘onchilarning gapi aniqlanmaguncha
(ularga) nega ruxsat berding?" Shundan keyin parvardigori olam ushbu suraning 46-
oyatida munofiqlar haqida bunday deydi: "Sendan faqat Ollohga, oxirat kuniga
ishonmaydiganlar va dillarida shubhasi borlar ruxsat so‘rashadi. Ular o‘z gumoni bilan
arosatda yurishadi". Olloh taolo munofiqlarning uzri yolg‘onligini yuqoridagi oyatning
davomida fosh etadi: "Agar ularning gazotga chiqish niyati bo‘lsa, albatta tayyorgarlik
ko‘rishardi, biroq Olloh ularning bu safarda ishtirok etishlarini istamay qaytardi, ularga
ojizu notavonlar bilan birga qolinglar, deyildi. Munofiqlar qolib ketishganidan
musulmonlar xafa bo‘lmasligi uchun Olloh taolo Tavba surasining 4-oyatida: "Agar ular
sizlar bilan birga borishsa yuragingizga faqat g‘ulg‘ula solishardi, fitna-fasod urugini
sochishga uringan bo‘lishardi. Orangizda ularning gapdonlari bor, Olloh zolimlarni juda
yaxshi biladi".
Madinada Ka’b ibn Molik, Hilol ibn Umayya, Mirora ibn Robi’a va Abu Xaysama singari
imoni mustahkam bir guruh musulmonlar qoldirildi. Payg‘ambar alayhis-salom Alini
qoldirganlarida munofiqalar uning ustidan kulib, landovur, qo‘lidan ish kelmaydigan
bo‘lgani uchun, olib ketishmadi, deya gap tarqatishdi. Bu gaplardan izzat-nafsi
haqoratlangan Ali Rasulullohning huzurlariga borib, arz qildi. Payg‘ambar alayhis-salom
uning gaplarini eshitgach, miyig‘ida kulib: "Horun payg‘ambar Muso payg‘ambarga
qanchalik yaqin bo‘lsa, sen ham menga shunchalik yaqinligingdan quvonmaysanmi?"
dedilar.
Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin yo‘lga tushdi. Lashkarning katta
bayrog‘i Abu Bakr Siddiqqa tutqazildi. Rasululloh umrlaridagi eng so‘nggi g‘azotda
a’lamni Abu Bakr Siddiqqa tutqazib, oilasiga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirishlarida
chuqur hikmat bor edi; bu narsada Islom davlatining kelajagiga ishora, payg‘ambar
alayhis-salomning o’zlariga xos bashoratlari yaqqol ko‘zga tashlanardi. Sarvari olam
muhojirlarning bayrog‘ini Zubayrga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga,
Xazraj qabilasining a’lamini Xubob ibn Munzirga tutqazdilar. Qo‘shin Samud qavmining
yurti Hijir degan joydan o‘tayotganida rasullulloh sahobalar Ollohning buyuk qudratidan
qo‘rqib, ta’sirlanishlari uchun: "Halok bo‘lgan kofirlarning yeriga yig‘i-sig’i bilan
kiringlar", dedilar. Yer-ko‘kni odamlarning qiy-chuvi bosib ketdi.
Abu Bakr qo‘shinga imom qilib tayinlandi. Ibod ibn Bishr esa soqchilikka qo‘yildi. Ular
Tabukka yetib kelganda bu joylar butunlay vayron bo‘lgan, odam yashaganining
nishonasi yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom tikon bosib yotgan fayzsiz joylarga
o‘ychan tikilganlaricha Muoz ibn Jabalga: "Umring yetsa, sen bu yerlarning yana obod
bo‘lib, bog‘-bo‘stonga aylanganini ko‘rasan", dedilar. Chindan ham u kishining
bashoratlari ro‘yobga chiqib, Tabuk eng xushmanzara maskanlardan biriga aylandi.
Qo‘shin Tabukda dam olayotganda Abu Xaysama yetib keldi. Uning issiq kunda aziyat
chekib bu yerga yetib kelishining sababi bor edi. Abu Xaysama uyiga kelsa, ikki xotini
orom olishi uchun bog‘da salqin joy hozirlab, muzdek suv, lazzatli taomlarni tayyorlab
qo‘yishgan ekan. Kun haddan tashqari issiq, har bir tirik jon soya-salqinga o‘zini urib,
orom olishni ko‘zlaydigan payt edi. Abu Xaysama: "Mana shu issiq kunda rasululloh
jonlarini qiynab yo‘l yursalaru men daraxt soyasida, chiroyli xotinlarimning bag‘rida
muzdek suv ichib, rohatlanib yotamanmi, deya xayoldan kechirdi va vijdoni qiynalib,
huzur-halovatdan voz kechdi. "Ollohning nomi bilan qasam ichamaiki, hech
qaysingizning pashshaxonangizga kirmay, rasulullohniig orqalaridan quvib yetaman.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |