www.ziyouz.com kutubxonasi
108
ishg‘ol etasizlar. Manjaniqdan o‘q otib dushmanni chalg‘itib, dabbobalar yordamida
bemalol shahar devorini teshsa bo‘ladi", dedi.
Asirning gapidan qoniqish hosil qilgan payg‘ambar alayhis-salom Muhammad ibn
Maslamaga: "Ertaga bayroqni shunday bir odamga tutqazamanki, u xudo bilan
payg‘ambarni jon-dildan sevadi. Bunday odamni Olloh bilan payg‘ambar ham yaxshi
ko‘radi", dedilar. Muhojirlar bilan ansorlar o‘sha suyukli kishi o‘zlari bo‘lib chiqishini orzu
qila-qila uyquga ketdilar. "O’sha kechasi bayroqdorlik lavozimiga erishishni orzu qildim",
deya eslaydi Umar ibn Xattob. Tong otganda rasululloh Ali ibn Abu Tolibni yo‘qladilar.
Odamlar uning ko‘zi og‘rib yotganini aytishganda, baribir olib kelishni buyurdilar va
Alining ko‘ziga dam urib, tuflab qo‘ydilar, bemorning ko‘zi shu zahoti darddan forig‘
bo‘lib, charaqlab ochilib ketdi.
Payg‘ambar alayhis-salom Aliga bayroqni tutqazib, qo‘shinni jangga boshladilar.
Yahudiylar ham urushga shay bo‘lib turishgan ekan. Ulardan biri taomilga binoan
yakkama-yakka olishuvni taklif etdi. O’rtaga chiqqan Ali uni bir hamladayoq o‘ldirdi.
Yahudiylarning botirlaridan Marhab talabgor bo‘lib maydonga tushdi. Muhammad ibn
Maslama uni osongina yer tishlatdi. Marhabning birodari (akasi yoki ukasi) Yosir
maydonga chiqqan zahoti Zubayr ibn Avvomning zarbasiga uchrab o‘ldi. Shundan keyin
ikki qo‘shin bir-birining ustiga seldek yopirildi. Yahudiylar musulmonlarning shiddatli
hujumiga dosh berolmay qochdi, islom lashkari ularni quvib, shaharga bostirib kirdi.
Yahudiylar Sa’b qo‘rg‘oniga chekinishdi. G’alabadan ruhlangan musulmonlar ta’qibni
davom ettirishdi, biroq yahudiylar qattiq qarshilik ko‘rsatib, ularni orqaga surib
tashlashdi. Habob ibn Munzir boshchiligidagi musulmonlar qo‘shini orqaga chekinmay
dushman bilan qattiq olishib, ularning safini to‘zitib yubordi. Yahudiylar betartib qocha
boshladi. Shaharga bostirib kirgan musulmonlar juda ko‘p oziq-ovqatni g‘animat oldi.
Payg‘ambar alayhis-salom bu narsalarni yeyish va ot-ulovlarga berish mumkinligini,
biroq olib ketish man etilishini e’lon qildilar. Qilla qo‘rg‘oniga kirib olgan yahudiylarni
musulmonlar uch kun muhosara qildilar. To‘rtinchi kuni yahudiylar tashqariga chiqib
musulmonlarga tashlanishdi, ikki o‘rtada shiddatli jang bo‘ldi, alaloqibat yahudiylar
yengilib, Shiq qal’asiga chekinishdi.
Musulmonlar qal’ani o‘rab olishdi, taslim bo‘lishni istamagan dushman shahar
tashqarisiga chiqib qattiq jang qildi. Musulmonlardan Abu Dujona Ansoriy mislsiz
qahramonlik ko‘rsatib, o‘z yigitlari bilan shaharga birinchi bo‘lib bostirib kirdi. Bu
shaharda juda ko‘p ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat, qo‘y g‘animat olindi. Bari’ qo‘rg‘oniga
chekingan yahudiylar oldingisidan ko‘ra ko‘proq qarshilik ko‘rsatishdi. Bu joyning
odamlari kamondan o‘q, palahmondan tosh otishga usta edi. Ular otgan o‘q, toshlar
nishonga bexato tegib, musulmonlar ancha talafot ko‘rishdi, hatto rasululloh ham
jarohatlandilar. Bundan g‘azablangan musulmonlar manjaniqni tiklashdi.
O’z davrining zambaragini ko‘rib esxonasi chiqib ketgan yahudiylar shaharni tashlab
qochishdi. Shaharga kirgan musulmonlar juda ko‘p mis hamda sopol idish-tovoqni
ko‘rishdi. Rasululloh: Bu idishlarni yuvib ishlatsanglar bo‘ladi", dedilar. Islom lashkarlari
g‘animni Kasiba qal’asigacha ta’qib etib bordilar hamda Qomus qo‘rg‘oniga yashirinib
olgan yahudiylarni yigirma kun qamal qilishdi. Nihoyat, Ali ibn Abu Tolib boshchiligidagi
musulmonlar dushman qarshiligini yengib, shaharni ishg‘ol etdi. Bu qo‘rg‘onda Huyay
ibn Ahtabning qizi Safiyya asir olindi. Shundan so‘ng Islom qo‘shini Vatih hamda Sulolim
qo‘rg‘onlari sari otlandilar. Muttasil ta’qib va jangu jadaldan tinka-madori qurigan
yahudiylar faqat bola-chaqalarini olib, Xaybardan chiqib ketishga ijozat so‘rab taslim
bo‘lishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning o‘tinchiga rozilik berdilar.
Bu qo‘rg‘onlarda to‘rt yuz qilich, yuzta sovut, mingta nayza, besh yuzta kamon
g‘animat olindi. Xonadonlardan topilgan Tavrotning parchalari talabgorlarga berib
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |