BANI MUSTALAQ G’AZOTI
Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga
yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi
yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar. Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Ayollaridan Oisha bilan Ummu
Salama ularga hamroh bo‘ldilar. Ilgari biron jangovor yurishda qatnashmagan
munofiqlar o‘lja olish umidida safga qo‘shilishdi. Yo‘lda bani Mustalaqning bir josusi
qo‘lga tushdi, biroq so‘ralgan savollarga javob berishdan bosh tortgani uchun qatl etildi.
Musulmonlarning katta qo‘shin bilan kelayotganidan xabar topgan bani Mustalaqning
lashkarboshisi Horis vahimaga tushdi, qo‘rqqanidan bir qism askarlari qochib ketdi.
Musulmonlar Muraysi’ yetib kelgach, bani Mustalaq odamlarini Islom diniga da’vat
etishdi, biroq ular bosh tortishgach, ikki tomon safga tizilib kamondan bir soat o‘q
uzishishdi. Keyin musulmonlar yoppasiga hujumga o‘tib, g‘alaba qildilar. Ikki ming tuya,
besh ming qo‘y qo‘lga kiritildi. Payg‘ambar alayhis-salom mol-hollarni boshqarishni
Shaqronga, asirlarga qarashni Buraydaga topshirdilar. Asirlar ikki yuz qiz bo‘lib, ular
orasida qabila boshlig‘ining qizi Barra ham bor edi. Asirlar musulmonlarga taqsimlab
berildi.
Bani Mustalaq qabilasi arablar orasida eng kuchli va jangovor qabila hisoblanardi.
Ayollarining asir olinib, quldek taqsimlanishi ularga g‘oyat og‘ir botardi. Bu narsani
yaxshi bilgan payg‘ambar alayhis-salom juda katta oliyjanoblik va mardlik namunaeini
namoyon etdilar, ayollarni ozod etishning musulmonlar rozi bo‘ladigan yo‘lini o‘ylab
topdilar. Sarvari olam, Horisning qizi Barrani nikohlariga olib, Juvayriya deb atadilar.
Shu bilan musulmonlar asirlarni rasulullohning qudalari hisoblab, ozod qilib yuborishdi.
Oisha raziyallohu anhoning ta’biricha, Juvayriya o‘z qavmi uchun g‘oyat sharofatli ayol
bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salomning marhamatlaridan qattiq ta’sirlangan bani Mustalaq
qabilasi yoppasiga imon keltirdi, ilgari musulmonlarning ashaddiy dushmani hisoblangan
odamlar endi ularning yaqin do‘stlariga aylanishdi. Agar rasululloh tadbikorlik
qilmaganlarida ikki o‘rtadagi adovat battar kuchayib, ancha-muncha qon to‘kilishi
mumkin edi. Bu g‘azot jarayonida ibratli ikki voqea yuz berdi.
Byrinchisi, Umar ibn Xattobning xizmatkori bilan Xazraj qabilasining ittifoqchilaridan
bo‘lmish bir odam urushib qolishdi. Umarning xizmatkori uni urib, yarador qildi va
ikkalovi o‘z qavmini yordamga chaqirdi. Agar rasululloh kelib qolmaganlarida ikki o‘rtada
boshlangan dahanaki jang qon to‘kilishiga sabab bo‘lishi hech gap emasdi. "Yana
johiliyat davridagi tarafkashliginglarni qilmoqchimisizlar? Yo‘qotinglar bunday yaramas
odatni!" dedilar rasululloh va jabrdiydaning o‘chini olib berdilar. Shu bilan janjal barham
topdi.
Bu voqeani eshitgan Abdulloh ibn Ubay xafa bo‘lib o‘z qabiladoshlariga: "Men hech
qachon bugungidek xo‘rlikni ko‘rmagan edim. Ularni yurtimizga kiritib, uyimizning
to‘ridan joy bersagu buning evaziga bizni savalashadimi? Itingni semirtirsang o‘zingni
qopadi, deganlari shu ekan-da. Xudoga qasamki Madinaga qaytsak albatta aziz u yerdan
xorni chiqarib tashlaydi. Aslida-ku bu xo‘rlikni o‘zinglar tilab oldinglar. Ularni uyingizga
chaqirib mol-mulkingizni baham ko‘rdingiz. Agar quchoq ochib kutib olmaganingizda
boshqa tomonlarga ravona bo‘lishardi. Bunisi ham yetmagandek Muhammad uchun
urushib joninglarni qurbon qilyapsizlar, bolalaringiz yetim bo‘lib chirqirab qolishyapti,
ular esa ko‘paygandan ko‘payyapti. Bundan keyin ularga yordam bermanglar,
kambag‘allashib, Madinadan ketishga majbur bo‘lishsin", dedi. Shu yerda hozir bo‘lgan
imoni butun Zayd ibn Irqam ismli yigit bu gaplardan payg‘ambar alayhis-salomni voqif
etdi.
Rasulullohning yuzlari o‘zgardi, uzoq sukutga cho‘mdilar va xabarchiga yuzlanib:
"Balki, unda biron xusumating bordir, shuning uchun atay bunday gaplarni
to‘qiyotgandirsan?" dedilar. "To‘qiyotganim yo‘q, bunday gaplarni o‘z qulog‘im bilan
eshitdim", dedi Zayd ibn Arqam. "Yanglish eshitgan bo‘lishiing mumkin", deya bu gapga
nuqta qo‘yishga urindilar payg‘ambar alayhis-salom. Umar rasulullohdan ibn Ubayni
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |