Kalit so‘zlar: metodika, natijaviy formula, metodologik asos, bilimlarni o‘zlashtirish,
matematik tushuncha
Bizga ma’lumki, matematika o‘qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum
bir bo‘limi bo‘lib, u matematika fanini o‘qitish qoidalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Matematika o‘qitish metodikasi matematika fanini o‘qitish qonuniyatlarini о‘rganish jarayonida
pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematika o‘qitish muammolari mantiq, psixologiya,
pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog‘liqda hal qilinadi. Matematika o‘qitish
metodikasining metodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir. Matematika fanining nazariy
qismlarini o‘rganish matematik masalalarni yechish maqsadida amalga oshiriladi. Matematika
fanini o‘rgatish matematik masalalarni yechish bilan birgalikda olib boriladi. Matematikani
o‘rganish masala yoki misollar yechish orqali amalga oshiriladi. Aytilganlardan ko‘rinadiki,
jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida masalaning roli va uning o‘rniga har xil baho berib
kelingan. 1966- yili xalqaro matematiklar simpoziumida matematik masala va misollarni
yechish o‘quvchilaming faqatgina matematik faoliyatlarini shakllantiribgina qolmay, balki ana
shu fanga doir bilimlarni o‘zlashtirish va uni amaliyotga tadbiq qilishga ham xizmat qiladi,
deyiladi. Aytilgan har bir bosqichni aniq mavzu materiallari asosida ko‘rib chiqamiz.
1. Darsda “Ikki burchak yig ‘indisining sinusi” nomli mavzuni o‘quvchilarga tushuntirsak, ular
chiqarilgan natijaviy formuladan foydalanib mavzu materialiga doir misollami yecha oladilar.
Matematik tushunchalami o‘rganish matematik misol va masalalami yechish bilan birgalikda
olib boriladi, chunki o‘qituvchi yangi o‘rganiladigan matematik tushunchaning ta’rifini bergandan
keyin uning analitik ifodasini yozadi. Masalan a
x
=b, a≠1 ko‘rinishdagi tenglamaga ko‘rsatkichli
tenglama deyiladi deb ta’riflangandan so‘ng, quyidagi ko‘rinishdagi ko‘rsatkichli tenglamani
ifodalovchi misollarni ko‘rsatish mumkin: 3
х
= 27; 2
х
= 16; 5
х
= 125;...
O‘qituvchi a
x
=b ko‘rinishdagi tenglamaning yechimini geometrik nuqtai-nazardan ko‘rsatib
berishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarga, agar koordinatalar tekisligida ikki
funksiya grafigi o‘zaro kesishsa, ular kesishish nuqtasining absissasi ana shu funksiyalarni tenglash
natijasida hosil qilingan tenglamaning yechimi bo‘lishini takrorlagandan so‘ng a=b tenglamani
ham y=a
x
ва у=b ko‘rinishlarda yozib, ularning har birining grafigini chizib, bu grafiklarning
kesishish nuqtasining absissasini x=log
a
b deb belgilash qabul qilinganligini tushuntirishi lozim.
Bundan ko‘rinadiki, a
x
=b tenglamaning yechimi x=logab bo‘lar ekan. (3
X
=27) —> x = log
3
27
= log
3
3
3
= 3 log
3
3 = 3.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |