T u sh u n t i r i sh x a t i. Xizmat soxasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim
jixatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo’lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi)
yo’llanuvchi xujjatdir.
X i z m a t x a t l a r i. Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy
xujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko’lami juda keng bo’lib, bunday yozishmalar
vositasida turli ko’rsatmalar, so’rovlar, tushuntirishlar, javoblar, iltimoslar, takliflar, xabarlar,
kafolatlar beriladi yoki qabul qilib olinadi. Mazmun jixatdan turlicha bo’lgan bunday hujjatlar
umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish
jarayonida qo’llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |