Esse Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari.
ISOQOVA NARGIZA 801 20 GURUH TALABASI
O‘zbekiston xalqi doimo o‘ta matonatli, sabrli , birdam
va hamjihat bo‘lib kelgan . Buni biz mustaqillikka
erishguncha bo‘lgan davrda ham qanchadan qancha
sinovlarni boshdan kechirdi . Qancha qora kunlarga
guvoh bo‘ldi. Lekin shunga qaramay o‘z an'analarini
qadriyatlarini umuminsoniy fazilatlarini saqlab
qola oldi . Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng
xalqimiz hayotida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Har
sohada yangilanishlar iqtisodiyotimizda yuksalish
fuqarolarimiz ko‘zida yashashga bo‘lgan ishtiyoq
yaqqol ko‘rindi . Hammamizga ma'lumki tarix bir
nuqtada qotib qolmaydi bizning davlatchiligimiz
ham makon va zamonga qarab milliy tiklanish
ishlari olib borildi , bularning samarasi o‘laroq bugun
O‘zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari
qadam qo‘ymoqda. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta'kidlaganidek; Mustaqillik tufayli
biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi
bo‘lib yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod
etmoqdamiz . Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga
tayanib milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari qadam
qo‘ymoqdamiz . 2017 yil 7 dekabrdagi "Harakatlar
strategiyasi " 5 yil davomida O‘zbekiston o‘z oldiga
qo‘ygan ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab berdi va
xalqimiz tomonidan yaxshi kutib olindi.
Bunda yaqin 5 yil ichida mamlakatimiz oldiga
qo‘yilgan dovonlar va xalqimiz hayotini yuksaltirishga
qaratilgan vazifalar aniq belgilab berilgan. Harakatlar
strategiyasining asl mohiyati shundan iboratki
iqtisodiyotni modernizatsiyalash
ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish fuqarolar turmush
sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarni
amalga oshirish. Strategiya bu _ davlat ichki muhitida
yuzaga kelgan iqtisodiy ijtimoiy siyosiy hamda boshqa
sohalarda yuzaga kelgan muommolarni aniqlash va
bartaraf etishga qaratilgan.
Biz talaba yoshlar bo‘lganligimiz uchun aynan fan
ta'lim tarmog‘ida amalga oshirilgan islohotlar va
ishlarga to‘xtalib o‘tsam . Jumladan mamlakatimizda
yangi oliy o‘quv yurtlari ochilganligi, Xorijiy nufuzli
universitetlarning filiallari tashkil etilayotganligi,
qabul kvotalarining oshirilganligi, ko‘pgina
yo‘nalishlar bo‘yicha sirtqi bo‘limlar ochilganligida
yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Birgina Jizzax viloyatini
oladigan bo‘lsak O‘zbekiston Milliy universitetining
filiali ochilganligi ham talabalar uchun ulkan yangilik
va imkoniyatlar eshigini ochdi . Qizlar uchun davlat
grantlarining ajratilishi esa quvonarli yangilik bo‘ldi.
Bundan keyin ham hayotimiz va davlatchiligimizda
ulkan o‘zgarishlar va ishlar amalga oshirilishi
kutilmoqda. Bu esa har bir fuqarodan o‘z ishiga
talabchan halol bo‘lishni ham taqazo etadi. Vatanimiz
bundan so‘ng ham doimo gullab yashnasin!
Oxirgi o‘zgartirilgan: 23-mar, 2021