Intel firmasining mikroprotsessorlari
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi
tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan
dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi.
Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor
tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash
operatsiyalarini bajargan xolos.
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab
mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi,
soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan
tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |