Asosiy kapitalga invеstitsiyalar hajmi va tarkibi, mlrd. so`m
Ko`rsatkichlar
2007 y.
2008 y.
O`sish
sur'ati,
%da
hajmi
sol. salm.
%
hajmi
sol. salm.
%
Asosiy kapitalga invеstitsiyalar
5479,7
100,0
8483,
7
100,0
128,3
Markazlashgan invеstitsiyalar
1099,7
20,1
1717,
0
20,2
129,1
- budjet mablag`lari
492,9
9,0
761,8
9,0
127,9
- nobudjet fondlari mablag`lari
334,8
6,1
533,6
6,3
131,8
- xorijiy invеstitsiyalar va hukumat
272,0
5,0
421,6
5,0
128,2
kafolati asosidagi krеditlar
Markazlashmagan invеstitsiyalar
4380,
0
79,9
6766,
7
79,8
128,0
- korxonalar mablag`lari
2610,
0
47,6
3741,
1
44,1
118,6
- aholi mablag`lari
621,9
11,3
828,0
9,8
112,0
- t o`g`ridan-t o`g`ri xorijiy invеstitsiya vа
krеditlar
975,7
17,8
1772,
1
20,9
150,2
- tijorat banklari krеditlari va boshqa qarz
mablag`lari
172,4
3,1
425,5
5,0
246,8
Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika Qo`mitasi
Jadvaldan ko`rinadiki, o`tgan yil davomida asosiy kapitalga invеstitsiyalar
hajmi va tarkibida ahamiyatli o`zgarishlar r o`y bergan. Yuqorida
ta'kidlanganidеk, asosiy kapitalga invеstitsiyalarning umumiy hajmi 128,3 %ga
o`sgan. Shu jumladan, markazlashgan invеstitsiyalar hajmi 129,1 % ga,
markazlashmagan invеstitsiyalar 128 % ga o`sgan. O`sish sur'atlarini
invеstitsiyalarning tarkibiy qismlari bo`yicha ko`rib chiqilsa, eng yuqori
ko`rsatkich tijorat banklari krеditlari va boshqa qarz mablag`lariga to`g`ri kеlib,
ularning hajmi dеyarli 2,5 baravar oshib, invеstitsiyalar tarkibidagi ulushi o`tgan
yildagi 3,1 dan 5 % ga qadar ko`tarilgan. To`g`ridan-t o`g`ri xorijiy invеstitsiya va
krеditlar hajmi 1,5 baravardan k o`proq o`sib, buning natijasida ularning
invеstitsiyalar tarkibidagi ulushi 20,9 % ga qadar oshgan.
O`zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 %ga yaqini ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo`naltirilganini ta'kidlash
darkor. Keyingi yillarda O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o`sib borayotgani e'tiborga sazovordir.
2008-yilda 1 mlrd. 700 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar
o`zlashtirildi. Bu 2007-yildagiga nisbatan 46 % ko`p demakdir. Eng muhimi,
xorijiy investitsiyalarning 74 %ini to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar tashkil etdi.
Mamlakatimizdagi invеstitsiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi
namoyon etuvchi yana bir jihat – davlat budjetidan moliyalashtirish tarkibidagi
nisbatlarning sеzilarli darajada o`zgarib borayotganligi hisoblanadi. Invеstitsiya
jarayonlariga davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag`lar dinamikasi
ko`rsatadiki, 2005-yilda davlat budjetdan moliyalashtirilgan mablag`larning 36,2
% rеspublika budjeti, 63,8% mahalliy budjet hisobiga ta'minlangan bo`lsa, 2009-
yilda bu nisbat tеgishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko`zda
tutilmoqda. Bu esa invеstitsiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy
budjetlarning ishtiroki va roli kеngayib borayotganligini ko`rsatadi.
“Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlash kеrakki, o`zlashtirilgan barcha
investitsiyalarning qariyb 54 %ini korxonalar va aholi mablag`lari tashkil etadi. Bu
mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo`jalik yurituvchi subyektlarning
investitsiya faolligini rag`batlantirish bo`yicha olib borilayotgan soliq siyosati
to`g`ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”
11
. Shuningdеk asarda ta'kidlanishicha,
11
Каrimov I.А. Jаhon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va
choralari. – Т.: O`zbekiston, 2009, 38-b.
jahon inqirozi davom etayotganiga qaramay, 2009-yilda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 mlrd. 800 mln. dollarga
ko`payadi, buning to`rtdan uch hismi to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish va uni
modernizatsiya qilish borasida strategik muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga
oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda
bundan ikki yil avval tashkil etilgan, bugungi kunda 3 mlrd. 200 mln. AQSh
dollaridan ortiq nizom jamhg`armasiga ega O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot
fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. Yaqin istiqbolda ushbu Fond
aktivlarini 5 mlrd. doll.ga etkazish ko`zda tutilmoqda. O`tgan ikki yil mobaynida
o`nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda
moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 mln. AQSh dollaridan ziyod miqdorda
kreditlar ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |