Ichki istе'mol uchun mo`ljallangan tovarlar (nontraded goods) – tashqi
bozorda sotishga mo`ljallanmagan, ichki istе'mol uchun ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlar (ko`chmas mulk, xizmatlarning ayrim turlari).
Ishlab chiqaruvchilar narxi (producers price) – tovar va xizmatning bazis
narxi, soliqlarni qamrab oluvchi va subsidiyalar olib tashlangan narx.
Kapital eksporti – tijorat maqsadida amalga oshiriladigan eksport.
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi (expected rate of inflation) – mavjud
ijtimoiy, iqtisodiy axborotlar, ma'lumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar
tomonidan kutiladigan bo`lg`usi davrdagi inflatsiya darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |