Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Yagona  sotiq to'lovi, 

Mikrofirmalar  va  kichik  korxo- 



uning  to'lovchilari va 

nalami  jadal 

rivojlantirishni

L°‘


4

°cbh" tr *n-kibi9a 

yanada  rag‘batlantirish  hamda 

kiritisn  mezoni 



.  л

 

. . . .  

.  ,

uning  mamlakat  lqtisodiyotida 

ahamiyati  va  ulushini  tubdan  oshirish  maqsadida  0 ‘zbe- 

kiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  20-iyundagi 

РҒ-3620-sonli  «Mikrofirmalar va  kichik korxonalami  rivoj­

lantirishni  rag‘batlantirish  borasidagi  qo'shimcha  chora- 

tadbirlar  to‘g‘risida»gi  farmoniga  muvofiq  2005-yilning 

1-iyuldan  boshlab  O'zbekiston  soliq  tizimida  kichik  biznes 

subyektlarining  ba’zi  toifalari  uchun  yagona  soliq  to'lovi 

joriy  qilindi.

U  bir xillashtirilgan bo'lib,  quyidagi  majburiy to'lovlarni 

to'lash  o'miga joriy  qilingan:

—  yagona  soliq;

—  budjetdan  tashqari  Pensiya jamg'armasi;

—  Respublika  yo'l jamg'armasi;

—  Maktab ta’limini  rivojlantirish jamg'armasiga  majbu­

riy  ajratmalar.

Yagona  soliq  to'lovini  to'lovchilar  uning  summasini 

soliq  solinadigan  baza  va  tasdiqlangan  stavkalardan  kelib 

chiqqan  holda  hisob-kitob  qiladilar.  Bunda soliq  organlari- 

ga  davlat  maqsadli  jamg'armalariga  majburiy  ajratmalar 

bo'yicha  hisob-kitoblar  alohida  taqdim  etilmaydi,  shu­

ningdek,  pensiya,  yo'l  va  maktab  ta’limini  rivojlantirish 

jamg'armalariga  majburiy  ajratmalar  summalari  alohida 

to'lanmaydi.

Yagona  soliq  to'lovi  faqat  kichik  biznes  subyektlari  — 



mikrofirmalar va  kichik  korxonalarga tatbiq  etiladi.

Yagona  soliq  to'lovini  to'lovchilar  ro'yxati  2007-yil  1- 

yanvardan boshlab  kengaydi.  Jumladan,  ular tarkibiga  soliq 

solishning boshqa tizimini tanlash  huquqisiz savdo  va umu­

miy  ovqatlanish  korxonalari  (Ulguiji  savdo  korxonalari 

uyushmasi  tizimiga  kiruvchi  respublika  ixtisoslashtirilgan 

ulguiji  baza  -   kontoralari  va  ulaming  hududiy  bazalari 

bundan  mustasno.  Ular  uchun  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2006-yil  8-iyundagi  «Ixtisoslashtirilgan 

ulguiji baza — kontoralami  soliqqa tortish  tartibini takomil­

lashtirish  to'g'risida»gi  PQ-374-son  qarori  bilan  nazarda 

tutilgan  soliq  solish  tartibi  saqlab  qolinadi);  mikrofirmalar 

va  kichik  korxonalar  toifasiga  tegishli  bo'lgan  tayyorlov  va 

ta’minot  -   sotish  tashkilotlari,  brokerlik  firmalari,  komis-




siya  shartnomasi  (topshirig‘i)  bo‘yicha  xizmatlar  ko'rsa- 

tuvchi  korxonalar  va  tashkilotlar;  soliq  solishning  boshqa 

tizimini  tanlash  huquqisiz  lotereyalar  va  tavakkalchilikka 

asoslangan boshqa o‘yinlami  tashkil  etish bo‘yicha  faoliyat- 

ni  amalga  oshirish  uchun  yuridik  shaxslar  kiritildi.

2007-yil  1-yanvardan  yagona  soliq  to'lovi  to‘lovchilari 

hisoblangan alkogolli mahsulot  ishlab chiqaruvchi  mikrofir­

malar  va  kichik  korxonalar  yagona  soliq  to‘lovini  to'lash 

huquqisiz,  soliqlar  va  majburiy  to'lovlarni  umumbelgilan­

gan  tartibda  to  lashga  o‘tkazildi.  Yer qa’ridan  foydalangan- 

lik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalami qazib olish- 

ni  amalga  oshiruvchi  mikrofirma  va  kichik  korxonalarga 

yagona  soliq  to‘lovi  tatbiq  etilmaydi.  Bundan  tashqari, 

Soliq  kodeksining 350-moddasiga  ko‘ra yagona yer solig‘ini 

to‘lovchilarga,  qat’i  belgilangan  soliqni  to'lash  nazarda 

tutilgan  mikrofirma  va  kichik  korxonalarga  hamda  mahsu­

lot  taqsimotiga  oid  bitimlar  ishtirokchisi  bo'lgan  mikrofir­

ma  va  kichik  korxonalarga  ham  yagona  soliq  to'lovi  tatbiq 

etilmaydi.

Soliqlar  va  majburiy  to'lovlami  umumbelgilangan  tar­

tibda  to'lovchilar  hisoblangan  xususiy  amaliyot  bilan 

shug'ullanadigan  notariuslar  esa  soliq  solishning  boshqa 

tartibini  tanlash  huquqisiz  yagona  soliq  to'lovini  to'lashga 

o'tkazildi.

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003-yil  30- 

avgustdagi  «1998-yil  9-apreldagi  «Xususiy  tadbirkorlik, 

kichik  va  o'rta  biznesni  rivojlantirishni  yanada  rag'bat- 

lantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida»gi  farmoniga  o'zgar 

tirish  va  qo'shimchalar  to'g'risida»gi  PF-3305  sonli  far­

moniga  ko'ra  2004-yilning  1-yanvaridan  boshlab  kichik 

biznes  subyektlari  tarkibiga quyidagilar  kiritilgan:

•  yakka  tartibda  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug'ulla- 

nuvchilar;

•  xodimlarining  o'rtacha  yillik  soni:

—  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  20  kishidan;

—  xizmat  ko'rsatish  sohasi va  boshqa  ishlab  chiqarishga 

bevosita  aloqasi  bo'lmagan  tarmoqlarda  10  kishidan;

—  ulguiji,  chakana  savdo  va  umumiy  ovqatlanish 

sohasida  5  kishidan  oshmagan  mikrofirmalar;

•   quyidagi  tarmoqlaming  o'rtacha  yillik  xodimlari 

soni:



—  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati,  metallga  ishlov  berish 

va  asbobsozlik,  yog‘ochni  qayta  ishlash,  mebel  sanoati  va 

qurilish  materiallari  sanoati  100  kishidan;

—  mashinasozlik,  metallurgiya,  yoqilg‘i-energetika  va 

kimyo  sanoati,  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  yetishtirish  va 

qayta  ishlash,  qurilish  hamda  boshqa  sanoat-ishlab  chiqa­

rish  sohalari  50  kishidan;

—  fan,  ilmiy xizmat  ko'rsatish,  transport,  aloqa,  xizmat 

ko'rsatish  sohasi  (sug'urta  kompaniyalaridan  tashqari), 

savdo  va  umumiy  ovqatlanish  hamda  boshqa  ishlab  chiqa- 

rishga  aloqador  bo'lmagan  sohalar  25  kishidan  oshmagan 

kichik  korxonalar.

Kichik  biznes  subyektlariga  amaldagi  soliq  qonunchi- 

ligiga  ko'ra  tatbiq  etiladigan  soliq  imtiyozlari  va  preferen- 

siyalar faqat yuqoridagi  sanab o'tilgan  subyektlarga  taalluqli 

bo'ladi.


U  yoki  bu  korxonaning  yuqorida  aytilgan  subyektlar 

toifalarining  birortasiga  kiritilish  mezoni  bo'lib  xodimlar- 

ning  yillik  o'rtacha  soni,  shu  jumladan,  unitar  (sho'ba) 

korxonalarda,  filiallarda  va  vakolatxonalarda  ishlaydiganlar 

soni  hisoblanadi.

Yagona  soliq to'lovi  obyekti  (so- 




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish