Soliq tushumlari — Moliya vazirligi tomonidan tas
diqlangan budjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiya-
sining daromadlari qismidagi har bir soliq va boshqa
majburiy to'lovlarga mo'ljallangan qism, band, kod va
moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob-kitob
schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tush
gan soliq badallari (to'lovlari) va moliyaviy sanksiyalar.
Soliq hisob-kitoblari — yuridik shaxslar tomonidan
qonunda ko‘zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti
bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o'zida
ma’lum hisobot davri mobaynida to'lanishi lozim bo'lgan
hisoblangan to'lovlar summasini aks ettiradi. Soliq sum
malarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga ko'ra har bir
soliq turi bo'yicha alohida-alohida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |