Regressiv soliqqa tortish — soliq asosi (bazasi)ning o'sib
borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi.
Soliq undirish og'irligi daromadga teskari proporsionaldir:
daromad qancha kam bo'lsa, soliq to'lovchi uchun soliq
ning og'irligi shuncha og'irdir. Hozirgi paytda qo'shilgan
qiymat solig'ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita)
soliqlaming regressivligi kuchayib bormoqda.
Real soliq — soliq to'lovchining ayrim mulklarini soliq
qa tortadigan to'g'ri soliqlardan iboratdir.
Rezidentlar — kalendar yilida mamlakatda 183 kundan
kam bo'lmagan muddatda yashagan, O'zbekistonda doimiy
yashash joyiga ega bo'lgan va bo'lmagan soliq to'lovchilar
(shu mamlakat hududida va undan tashqarida olinganlari
ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |