lab 0 ‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va
uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va
alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda
belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalash
joriy etildi va ulami aksiz markalarini yopishtirmasdan
O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish
(xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish taqiqlandi.
Aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respub
lika budjetiga nominal qiymati bo'yicha buyurtma berila-
yotgan aksiz markalari miqdorining butun summasini
to'lagach, davlat soliq inspeksiyalariga turiari bo'yicha aksiz
markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtma-
noma topshiradilar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspeksiyalarining
aksiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini
hudud bo'yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgi
langan tartibda Davlat soliq qo'mitasiga taqdim etadilar,
bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miq
dorda aksiz markalarining nominal qiymatini to'plashgani-
ni tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman
yil bo'yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi.
Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani
«Davlat belgisi» Davlat ishlab chiqarish birlashmasi
(DICHB)ga joylashtirishni O'zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo'mitasi amalga oshiradi.
Importchilar, shu jumladan, aksiz tovarlarini O'zbe
kiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar
buyurtmanomani Davlat bojxona qo'mitasining Qoraqal
pog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etil
gan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga
o'xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig'ma
buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat
bojxona qo'mitasiga taqdim etadilar.
Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo'mita
sining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Tosh
kent shahridagi hududiy organlari aksiz markalari sotishni
belgilangan shaklga binoan ana shu markalami xarid qilish
ga doir buyurtmanoma — hisob-kitobga muvofiq «Paxta-
bank»ning mintaqaviy bo'linmalari orqali amalga oshiradi-
lar.
«Paxtabank»ning mintaqaviy bo‘linmalari aksiz marka
larini:
• tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning
mahalliy ishlab chiqaruvchilariga - aksiz markalarining
nominal qiymati to'langanidan keyin;
• tamaki
mahsulotlari va alkogolli
ichimliklar
importchilariga — nominal qiymati bo'yicha aksiz markalari
to'liq to'langanidan va aksiz solig'i to'liq hajmda to'lan-
ganidan keyin beradilar.
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati
bo'yicha xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mab-
lag'lari respublika budjetiga kiritiladi va aksiz solig'ini
to'lash chog'ida aksiz markalarining qiymati hisobiga olin
maydi.
Aksiz markalarining nominal qiymatini O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi «Davlat belgisi» DICHB
hisob-kitoblari bo'yicha tasdiqlaydi.
«Davlat belgisi» DICHBning aksiz markalarini ishlab
chiqarishga doir xarajatlarini O'zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi respublika budjeti mablag'lari hisobiga
ulaming nominal qiymati doirasida qoplaydi.
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:
• respublika hududiga bojsiz savdo do'konlari uchun
olib kelinadigan;
• O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati
bo'lganda ko'rgazmalar o'tkazish uchun olib kelinadigan;
• O'zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit
bo'yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo'ljallan-
gan;
•jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi
hududiga O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bel
gilangan aksizsiz olib kelish me’yorlari doirasida olib keli
nadigan (jo'natiladigan) aksizosti tovarlari majburiy tarzda
Do'stlaringiz bilan baham: