Texnika ekinlari. Sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jalik
ekinlari texnik ekinlar deb ataladi. Texnik ekinlar sanoatni turli tarmoqlari:
to’qimachilik (tolali ekinlar), yog’ sanoatiga (moyli ekinlar), qand sanoatiga ( shakar
moddasi bor ekinlar), oziq-ovqat sanoatining boshqa ba’zi bir tarmoqlariga (choy),
tamaki va farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo beradi.
Tolali ekinlar, asosan to’qimachilik sanoati uchun xom ashyo beradi va unga
paxta, zig’ir va kanop kiradi.
Paxtachilik. Tolali ekinlardan paxta eng katta ahamiyatga ega; jahonda har yili
15-17 mln.t. paxta tolasi ishlab chiqariladi. Asosiy paxta yetishtiradigan davlatlar
quyidagilar: Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, O’zbekiston.
Do'stlaringiz bilan baham: |