Texnologik servis – insonning turli ehtiyojlari (kiyim-kechak, turar-joy,
ovqatlanish, sog‘liqni tiklash) maishiy va mayda ishlab chiqarish sharoitida
zamonaviy texnologiyalar yordamida qondiriladi. Bu gazmol, teri, yog‘och, metall
va boshqa materiallardan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab ishlab chiqarish,
shuningdek ximiya, biologiya va h.k. yutuqlaridan foydalanib maxsus
texnologiyalarni joriy etishdir.
Axborot servisi. Jahon tendensiyasi jamiyatning barcha sohalarida axborot
roli oshayotganini ko‘rsatmoqda. Turli tipdagi axborot tizimi, yig‘ish metodi,
umumlashtirish, axborotni tahlil etish, alohida odamlar, odamlar guruhi, butun
jamiyatda foydalanish keng ko‘lam kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |