Siydik pufagi. Qorinning pastki qismida chanoq soxasida joylashgan bo
’lib,
uning xajmi katta odamda 500-700 ml bo
’ladi. Siydik pufagi to’lgandan so’ng,
uning devori taranglashib, sezuvchi retseptorlarni kuzg
’atadi. Hosil bo’lgan impuls
oldin orqa miyaga, undan bosh miya yarim sharlariga boradi va odamda siydik
chiqarish yuzaga keladi.
Mustaqil ish. O
’quvchilar siydik ayirish, tizimining anatomik tuzilishini
ko
’rgazmali qurollar, plakatlar yordamida o’rganadilar va bajarilgan ishni daftariga
qayd qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |