85
Bu xizmatidan bir yilda 2 marta foydalansa bo‘ladi va faqat belgilangan
aeroportlardagina qo‘llanilsa bo‘ladi. Ular: Dehli, Mumbay, Kalkutta, Chennai,
Tiruvanantapurami, Bangalor, G‘aydarobod, Goa va Kochchi shaharlaridagi
mahalliy aeroportlar. 150 dan ortiq mamlakatlarga o‘z eshigini ochgan bu
mamlakatga maksimal 30 kunlik onlayn viza taqdim etiladi. Quyidagi shartlarga
javob beruvchilarga mazkur tizimdan foydalanishlari mumkin:
1. Hindistonga dam olish, ekskursiya, qarindosh va do‘stlari bilan ko‘rishish,
qisqa muddatli tibbiy davolanish yoki ish bo‘yicha safar kabi maqsadlarda
tashrif buyurmoqchi bo‘lgan xalqaro sayohatchilar;
2. Pasport yaroqlilik muddati hindistonga kelishdan boshlab 6 oy muddat
davomida tugamasligi;
3. Xalqaro sayohatchilar qaytish chiptalariga yoki sayohatni davom ettirish
uchun boshqa chiptaga va sayohat uchun o‘zlari bilan yetarlicha mablag‘ olib
kelishlari lozim, summasi belgilab qo‘yilmagan;
4. Diplomatik/rasmiy pasportlarga
ruxsat berilmagan;
5. Har bir kishi o‘zining shaxsiy pasportiga ega bo‘lishi shart, ota-ona yoki
turmush o‘rtog‘i hujjatlari bilan olishga ruxsat etilmagan;
6.
“International travel document”
sohiblariga yaroqli emas.
O‘rganilgan nazariy axborotlar va xorijiy davlatlarning amaliy faoliyati
tahlilidan olingan xulosalar natijasida mamlakatimizda elektron vizalarni tadbiq
etilishida beriladigan asosiy takliflar quyidagilardan o‘rin olgan. Avvalo,
vizalarga ariza qabul qilinishining yagona darchasini yaratish. Yagona darcha
yordamida barcha axborotni bir joyga jamlash va ma’lumotlar uyg‘unligiga ega
bo‘lish mumkin.
“Yagona oyna” ning joriy etilishi ham hukumatga ham foydalanuvchilar
uchun samarali usul hisoblanadi. Ushbu mexanizm joriy etilishida xalqaro
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan
tavsifnomalar, standartlar va boshqa vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Mavjud
standart va vositalar yordamida faoliyatlar birligiga erishish, o‘xshash tizimlar
orasida o‘zaro ma’lumotlar almashish kabi imkoniyatlar vujudga keladi.
86
Ikkinchidan, elektron vizalar taqdim etiladigan sayt orqali mamlakatimiz
tashrif buyuruvchilari sonini hisoblashda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq deb
o‘ylaymiz. Bunday usul turizm statistikasiga uzluksiz axborot oqimini
ta’minlaydi.
Oldingi rejada aytib o‘tilganidek, onlayn vizalarga arizalar qisqa muddat
davomida safar uyushtiruvchilarga taqdim etiladi. Bunda tranzit yo‘lovchilar,
qisqa muddat davomida tibbiy davonalish, ish safarlari, qisqa vaqt oralig‘ida
ta’lim olishga borish kabilar bo‘lib, BTT tomonidan ishlab chiqilgan
tavsiyanoma
bo‘limlarida
ushbu
sayohatchilarning
barchasi
tashrif
buyuruvchilar kategoriyasiga kiritilgan
.
Demak, turizm statistikasida onlayn
viza bilan safar qiluvchilarning hammasi turist va ekskursantlarni o‘zida
birlashtiruvchi tashrif buyuruvchilar deb hisobga olinib, ularning hisobini olib
borish uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Hisoblagich ayni saytda o‘rnatilishi uni yaratuvchilar uchun qulay
imkoniyatlar yaratadi deb hisoblaymiz. Bunda elektron viza olishga anketani
to‘ldirganlarning hisobi hamda ularda qanchasida ijobiy javob berilganligi
miqdorini olib borilishi tavsiya etiladi. Ariza topshiruvchilarning hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumot mamlakatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan potensial
turistlarning hajmini baholashdagi manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Turizm statistikasini ishonchli va kamchiliklardan xoli axborot bilan
ta’minlay olish har bir mamlakatning turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida
turgan asosiy vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda 2021-yilda joriy etilishi
rejalashtirilgan onlayn viza tizimining asosiy maqsadi bilan bir qatorda, turizm
statistikasini
mukammallashtirishda
yaratiladigan
saytidan
foydalanish
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: