Xalqaro Turistik tashriflar (XTT) miqdori – xalqaro turizm hajmini
miqdoriy baholashda qoʻllaniladigan eng keng tarqalgan oʻlchov birligidir.
Unga, faqatgina, quyidagilar kiradi:
Turistlar (tunovchi tashrif buyuruvchilar), ya’ni tashrif buyuruvchi
mamlakatda jamoaviy yoki xususiy sectorning joylashtirish xizmatidan hech
boʻlmaganda bir kecha tunagan tashrif buyuruvchi. Bir kunlik (ekskursantlar)
bunga kiritilmaydi.
Tashriflar miqdori – odamlar soni emas. Ayni bir kishi muayyan vaqt
davomida ma’lum mamlakatga bir necha marta safar uyushtirsa, har bir sayohat
yangi tashrif deb hisobga olinadi, hamda, biror kishi bir safar davomida bir
necha mamlakatlar boʻylab sayohat qilsa, har bir sayohat yangi tashrif deb
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |