Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects


  Тermoelektrik datchiklar (termoparalar)



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/133
Sana30.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#194153
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

2.8.4.  Тermoelektrik datchiklar (termoparalar) 
Хaroratni    o‘lchashning    termoelektrik    usuli  termoelektrik  termometrning  
(termoparaning)  termoelektrik  yurituvchi  kuchi  (termo  e.yu.k.)  xaroratiga  
bog‘likligiga asoslangan. Bu asbob -200
0
S dan 2500 
0
S  gacha bo‘lgan  xaroratlarni 
o‘lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo‘llaniladi.  
Тermoelektrik  termometrlar  yordamida  xaroratni  o‘lchash  1821  yilda    Zee-
bek tomonidan kashf etilgan termoelektrik xodisalarga asoslangan. Bu xodisalarn-
ing  xaroratlarni  o‘lchashda  qo‘llanilishi  ikki  hil    metall      simdan    iborat  zanjirda 
ularning  kavsharlangan  joyida  xaroratlar  farqi  hisobiga  hosil  bo‘ladigan  E.Yu.K. 
effektidan iborat. Т.E.Yu.K. hosil  bo‘lishining  sababi  erkin elektronlar  zichligi 
kamroq metallga diffuziyasi  bilan izoxlanadi. Shu paytda ikki xil  metallning biri-
kish joyida paydo  bo‘ladigan elektr  maydon diffuziyaga  qarshilik  ko‘rsatadi. El-
ektronlarning  diffuzion    o‘tish    tezligi  paydo    bo‘lgan  elektr    maydon  ta‘siridagi  
ularning  qayta    o‘tish    tezligiga    teng  bo‘lganda  xarakatli  muvozanat    holati 
o‘rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar  orasida potensiallar  ayirmasi  paydo 
bo‘ladi. Elektronlar diffuziyasining intensivligi o‘tkazgichlar  birikkan  joyning xa-
roratiga  ham  bog‘liq  bo‘lgani    sababli  birinchi  va  ikkinchi    ulanmalarda  hosil  
bo‘lgan e.yu.k. ham turlicha bo‘ladi. 


Тermoelektrik  termometrlarni  yaratish  uchun  ishlatiladigan  termoelektrod 
materiallar bir qator xususiyatlarga ega bo‘lishi shart, chunonchi: issiqqa chidam-
lilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; stabil-
lik  va  termoelektr  xarakteristikani  tiklash;  t.e.yu.k.ning  temperaturaga  bo‘lgan 
(chiziqli xarakteristikasiga yaqin va bir ishorali) bog‘lanishi; yuqori sezgirlik. 
Тermoparalarning quyidagi turlari mavjud:   
1. Platinarodiy - platina termopara (ТPP)- neytral va oksidlanadigan muxitda 
ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish atmosferasida, ayniqsa, metall oksidlari termo-
paraga yaqin joylashgan yerda tez ishdan chiqadi. Metall bug‘lari va uglerod 
(ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli ta‘sir ko‘rsatadi. 
  
2. Platinarodiy (30%- rodiy)- platinarodiy, (6%- rodiy) termopara (ТPR-306 
tip).  Bu  termoparalarning  asosiy  xususiyati  1800
0
S  gacha  temperaturani  o‘lchash 
va kichik t.e.yu.k. ga ega bo‘lishdir. 
 3.  Хromel  -  alyumel  (ТХA  tip)  termopara  nodir  bo‘lmagan  metallardan 
tayyorlangan  termoparalar  orasida  eng  turg‘uni  hisoblanadi.  Musbat  elektrod-
xromel (89% Ni; 9,8% Cr; 1% Fe; 0.2% Mn) qotishmadan, manfiy elektrod-almel 
esa (94% Ni; 2% Al; 2,5% Mn; 1% Si; 0,5% Fe) qotishmadan iborat. ТХA termo-
para 1300 
0
S gacha bo‘lgan temperaturani o‘lchash uchun qo‘llaniladi. 
  
4.  Хromel-kopel  termopara  (ТХK)-  turli  muxitlarning  temperaturasini 
o‘lchash  uchun  ishlatiladi.  Manfiy  elektrod  -  kopel  mis  va  nikel  qotishmasidan 
(59%  Cu;  44%  Ni)  iborat.  ТХK  termopara  800
  0 
S  gacha  temperaturani  o‘lchash 
uchun ishlatiladi, uning t.e.yu.k. boshqa termoparalarnikiga qaraganda ancha katta. 
 5.  NK  -  SA  qotishmalaridan  tayyorlangan  (ТNS  tipidagi)  termopara  erkin 
uchining  temperaturasiga  tuzatish  kiritishni  talab  qilmaydi,  chunki  200
  0
 
S  gacha 
temperaturani o‘lchaydigan  termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. Yuqorigi 
temperatura chegarasi 1000
 0 
S. Platina gruppasidagi ТPP va ТPR termoparalari 0,5 
yeki  1mm  diametrda  tayo‘rlanib,  chinni  munchoq  yoki  trubka  bilan  izolyatsiya-
lanadi.  ТХA,  ТХK  va  ТNS  termoparalar  0,7...3,2  mm  diametrlik  simdan  tayyor-
lanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.    
Mexanikaviy  tayziq  va  o‘lchanayotgan  muxit  ta‘siridan  saqlash  uchun  ter-
mopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi. 
  Yuqorida  aytilganidek,  termopara  bilan  temperaturani  o‘lchash  paytida 
termoparaning erkin uchlaridagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiri-
tiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun  elektr ko‘prik sxemalar 
qo‘llaniladi 
 
2.33-rasm. Тermoelektrik termometrning prinsipial sxemasi. 



Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish