omillarni e'tiborga olgan holda, yuridik shaxslar uchun mo`ljallanganidan
taxminan o`n ba-ravar kam qilib belgilangan.
Qishloq xo`jaligida yerdan ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida
foydalaniladi, shuning uchun qishloq xo'jalik ahamiyatidagi yerlar uchun soliq
stavkalari yer sifatidan, ya'ni tuproq xosildorligi va
yer unumdor-ligidan kelib
chiqib belgilangan.
Yer solig`i stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek yer qiy-matidan
kelib chiqib belgilangan. Respublikada yerning bozor qiymati shakllanmagani
sababli, 1 gektar sug`oriladigan yerdan olinadigan deh-qonchilik yalpi
mahsulotining o`rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga
oshirildi. Jahon amaliyotida yer solig`i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha
belgilanadi, lekin o`rtacha yer qiymatining salkam 5 % tashkil etadi. Respublika
sharoiti uchun qishloq xo`jaligida shakllan-gan iqtisodiy holatni hisobga olib va
uni rivojlantirishni rag`batlantirish maqsadida soliq stavkalari 3 %
miqdorida qabul
qilingan.
Soliq miqdorlarini yerlar sifati, tabiiy iqlim zonalari bo`yicha taba-
qalashtirish maqsadida sug`oriladigan yeriar uchun soliq stavkalari ma'-muriy
tumanlar bo`yicha, ularni tuproq ball-bonitetlari bo`yicha 10 da-rajaga bo`lgan
holda belgilangan. Tuproq boniteti dehqonchilikning hozirgi darajasida qiyoslama
tabiiy hosildorlikning shartli ko`rsatkichi hisoblanadi. Bonitetni aniqlashda
tuproqning genetik kelib chiqishi, sug`orishning qancha muddat davom etayotgani,
ekin eqilishi, agro-iqlimiy resurslar bilan ta'minlangani, mexanik tarkibi,
tuproqning xosil bulish genezisi, tuproq qoplamining suv o`tkaza olishi,
sho`rlanganlik darajasi,
eroziyaga uchraganligi, toshloqligi, zichligi hamda
tuprokning boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim
bo`yicha aniqlanadi.
Lalmi yerlar va yaylovlar zonalar yoki vertikal mintaqalarga bo`lingan, bu
yerda yog`inlar bilan turlicha ta'minlanganlik shakllanadiki, ularning unumdorligi
shu holatlar bilan bog`liqdir.
Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalarining joylashgan joyi bo`yi-cha
soliq miqdorlarini tabaqalashtirish maqsadida ma'muriy va sanoat markazlari
atrofidagi stavkalarga 1,1 dan 1,3 ga qadar oshiruvchi koeffi-tsientlar belgilangan.
Yer solig`i va yagona yer solig`ini 2007-yil uchun kadastr shaklidagi yangi
stavkalari 0'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-de-kabrdagi
«O'zbekiston Respublikasining 2007-yildagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari
prognozi va davlat budjetining parametrlari to'g`risida»gi PQ- 532-sonli qarorida
bayon qilingan.
Yer solig`ining soliq tizimida va budjet daromadlari tarkibida tutgan o`rni
O`zbekiston bozor munosabatlariga o`ta boshlagach 1990-yilda «Yer
to'g`risida»gi qonun qabul qilindi, unga binoan yerga
egalik qilish va yerdan
foydalanishning pullik bo`lishi belgilandi. O`zbekiston Pespublikasi Mustaqillikni
qo`lga kiritgach 1993-yil 6-mayda O`zbekiston Pespublikasi Oliy Kengashi
tomonidan «Yer solig`i to'g`risida»gi maxsus qonun qabul qilindi, unda soliq
solishning obyektlari va subyektlari imtizlar soliq to`lash tartibi va hokazolar
ancha batafsil belgilab berildi. Qonun 1994-yil 1-yan-vardan amalga kiritildi.
92
Qonunda Yerlardan noqishloq xo`jalik maqsad-larida foydalanadigan yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig`ining un-dirish tartiblari belgilab berildi. Shu
bilan biiga, qishloq xo`jaligini ustuvor rivojlantirish zarurligini e'tiborga olib
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug`ullanuvchi korxonalar va
tashkilotlar uchun qonunni joriy etish 1995-yil 1-yanvargacha kechiktirildi.
Shunday qilib yer so-lig`ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini
tartibga solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo`ldi.
1997-yil 24-aprelda O`zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi tomonidan
Uzbekiston Pespublikasi Soliq kodeksi qabul qilinishi va 1998-yil 1-yan-vardan
kuchga kiritilishi bilan yer solig`ining huquqiy asoslari yaratildi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o`tish sharoitida davlat qishloq xo`jaligi
korxonalarini
soliqqa tortar ekan, bundan fiskal manfaatdorlikni emas, balki
soliqlar orqali qishloq xo`jaligini boshqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirishni,
shuningdek, ularni ijtimoiy himoya qilishni ko`zlaydi. Buni qishloq xo`jaligini
soliqqa tortishning o`ziga xos xususiyatlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Pespublikasi Prezidenti HAKarimovning 1998-yil 10-
oktyabrdagi «Qishloq xo`jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer
solig`ini joriy etish tugrisida»gi Farmoniga muvofiq 1999-yil 1-yanvardan boshlab
qishloq xo`jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig`i joriy
qilindi.
Yer uchastkasiga egalik qilish huquqi bor yuridik shaxs yer solig`ini to`lovchi
bo`lib hisoblanadi. Soliq qonunlariga asosan, yer solig`ini hisob-lash va budjetga
o`tkazib berish majburiyati yuridik shaxsga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: