9-sinf adabiyot fanidan Xoja hayoti va ijodi yuzsidan tuzilgan testlar
2-variant
1.Xoja millatimiz tarixida davlat va din arbobi bo’lib, badiiy adabiyotning qaysi janrlarida birdek barakali
ijod
qilgan?
A)Lirik va epik B)Xalq og’zaki ijodi C)Drammaturgiya D)Lirika
2.Xoja XII asrda Buxoroda G’ijduvoniy asos solgan mashhur qaysi sisilaning yorqin vakillaridan edi?
A)G’ijduvoniy B)Xojagon C)Naqshbandiy D)Maxzan ul-asror
3.”Muzakkiri ahbob”asari muallifi qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A)Xoja Nisoriy B)Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja C)Hasanxoja Nisoriy D)Nizomiy Ganjaviy
4.XVI asrda “Maxdumi a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan shaxs kim?
A)Kosoniy B)Xoja C)Husanxoja D)Jonibek Sulton
5.Xoja 1529-yilning qaysi mavsumiga kelib, Hirotga shayxulislom lavozimiga tayinlanadi?
A)Kuz B)Yoz C)Bahor D)Qish
6.Xoja Jonibek Sulton nomiga atab nechanchi yillar oralig’ida bir doston yaratadi?
A)1514-1520 B)1508-1510 C)1538-1541 D)1500-1504
7.Xojaning qaysi asari nomi o’zbek tiliga “Adolat kaliti” deya tarjima qilinadi?
A)”Maxzan ul adl” B)”Miftoh ul adl” C)”Maxzan ul-asror” D)”Muzakkiri ahbob”
8.Nisoriy o’z asarida otasini she’r ilmi va qaysi ilmni mukammal egallagan ekanligini aytib o’tadi?
A)Insho B)Risolalar C)Sarkardalik D)Barcha javoblar to’g’ri
9.Xojaning qaysi asarlaridan 1962-yilda ayrim namunalar chop etildi?
A)”Gulzor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Maqsad ul-atvor” D) A va B variantlar to’g’ri
10.Xoja 1534-yilda qayerda shayxulislomlik lavozimiga tayinlanadi?
A)Balx viloyati B)Hirot C)Buxoro D)Balx shahri
11.Xoja qalamiga mansub bo’lib, muddai-yu muddao alayh o’rtasidagi nizoga hakamlik qilgan shaxs kim
edi?
A)Sulaymon alayhissalom B)Ismoil alayhissalom C)Ibrohim alayhissalom D)Idris alayhissalom
12.Shohga mansab sabab xiyonat qilgan ikki mulozim voqeasi aks etgan hikoyat hodisalari qaysi shaharda
sodir bo’lgan?
A)Balx B)Hamadon C)Maroqand D)Dog’iston
13.Sulaymon alayhissalom tilga olingan hikoyatda nizodagi shaxslar orasidagi hukm chiqaruvchi shaxsni kim
deb ataganlar?
A)Mazohim B)Masnad C)Dodxoh D)Mustafid
14.Musofirga bog’liq hikoyatda jazirada qurilishga 6oy bo’lganda bozor va nimalari qurib bitkazilgandi?
A)Do’konlar B)Maydonlar C)Qal’alar) D) Qasrlar
15.Darslikda berilgan Xoja qalamiga mansub g’azalda qaysi Payg’ambar tilga olingan?
A)Sulaymon alayhissalom B)Ismoil alayhissalom C)Ibrohim alayhissalom D)Idris alayhissalom
16.Haj savobi borasida so’z yuritiladiga hikoyatda odamlar zohid qaysi shaharda yashashini aytishgan?
A)Hamadon B)Bog’dod C)Ka’ba yaqinidagi kichik qishloq D)Hikoyatda zohidni yashash joyi tilga olinmagan
17.Zulqarnayn bilan ikki mulozim kelishishganidan necha kun o’tib Doroga suiqasd qilishdi?
A)3kun o’tib B)1kun o’tib C)1hafta o’tgach D)Bu haqda hikoyatda so’z yuritilmagan
18.Xoja yozgan bir hikoyatda Iskandar Zulqarnayn qaysi shahardan xiroj talab qiladi?
A)Balx B)Hamadon C)Maroqand D)Dog’iston
19.Masnad so’zining ma’nosi nima?
A)Taxt B)Baxtiyor C)Ikrom B)Mansab
20.Suluk so’zining ma’nosi nima?
A)Yo’l B)Taxt C)Ikrom D)Mansab