Inson sog‘lig‘i xali ham tug‘ilgandagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi bilan
belgilanadi. Lekin 2010 yildagi Inson taraqqiyoti indeksi inson bilimini darajasini
belgilashda 2 omilni hisobga oladi: 1) Bugungi kunda mamlakatdagi maktab
yoshidagi bolaning maktabda qancha muddat o‘qiy olishi; 2) 25 va undan katta
yoshdagi insonlarning o‘rta hisobda bilim olgan yillar muddati. Aholi o‘rtacha
daromadini o‘lchash mezoni yalpi ichki mahsulot qiymatidan kishi boshiga YAlpi
milliy daromad qiymatiga ko‘chdi. YAlpi milliy daromad o‘z ichiga chet el yordami
va boshqa daromadlarni ham o‘z ichiga oladi va bu o‘z navbatida rivojlanayotgan
mamlakatlardagi iqtisodiyotning holatini to‘laqonliroq tasvirlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |