297
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
6-mavzu
KEYS STADI
1-masala.
Sut sotuvchi mahsulotni ikkita yetkazib beruvchidan qabul qiladi. Har ikkisi ham
miqdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi. Shuning uchun ham sutning
narxlari har xil, qimmat sut 1 litri 1 sh.p.b., arzoni esa 2 litri uchun shuncha. Shunda
sotuvchi ikki sutni ham aralashtirib 3 litrini 2 sh.p.b. dan sotishga qaror qildi. Barcha
sut sotib bo’linganidan so’ng sotuvchi pulni sanasa 50 sh.p.b. etmadi.Agar sutni
aralashtirmasdan sotganida bu pul qancha chiqardi?
Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda har bir sutdan kancha yo’kotdi va
qancha yutdi?
2-masala.
Korxona rahbari xodimlaridan biriga inflyatsiya munosabati bilan oylik maosh
oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.
1-variant: hozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bo’lgan maosh yil bo’yi
o’zgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.
2-variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh o’zgarmaydi. Xar
yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda qo’shimcha pul
qo’shiladi.
Savol: variantlardan qaysi biri xodim uchun qo’layroq?
3-masala
Futbol uyinining chiptasi 2000 sum bo’lganida o’yingohga 30 mingta ishqiboz
kelgan. Chipta bahosi 4500 so’mga ko’tarilganda ishqibozlarning soni 5 mingtaga
kamaygan. Agarda talab funktsiyasi to’g’ri chiziq bo’lsa, bunda chipta bahosi 1000
sum bo’lsa, u holda o’yingohga qancha ishkibozlar kelishi mumkin (ming kishi
hisobida)?
4-masala
Korxonaning umumiy harajatlari(Ts, ming sum) bilan bir kunlik ishlab chiqarish
hajmi(Q,dona xisobida) o’rtasidagi aloqadorlik quyidagi jadvalda keltirilgan:
Q
0
10
20
30
40
50
Ts
0
75
95
140
200
280
Korxona uzoq muddatli davrda tovarning bahosi qanday bo’lganida uni ishlab
chiqarishni to’xtatadi?
298
5-masala
Mukammal raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi firma bir yilda 1750 ming
so’m o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarda va 2500 ming so’m o’rtacha ishlab chiqarish
harajatlarida 20 mingta telefon ishlab chiqaradi. Firma bozor bahosi 25,0 ming
so’mga teng bo’lgan bir dona telefon ishlab chiqarsa qancha foyda olishi mumkin?
6-masala
Poyabzalchilik korxonasi bir oylik ishlab chiqarish hajmi 1000 juft bo’lganda
doimiy harajatlar 200 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar mehnat yagona o’zgaruvchan
omil bo’lsa, uning bir soatlik harajati 1250 so’mni tashkil qilsa, bir soatlik ishlab
chiqarish hajmi 5 juft poyabzal bo’lsa, u holda o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari va
o’rtacha o’zgaruvchan ishlab chiqarish harajatlari qancha mikdorni tashkil etadi?
7-masala
Bosmaxona reklama plakatlarini ishlab chiqarish uchun uchta xodim
mehnatidan foydalanadi. O’rtacha mehnat mahsuli bir kunda 25 donaga to’g’ri
keladi. Har bir xodimning bir kunlik ish haqi 600 so’mni va bir kunga to’g’ri
keladigan doimiy harajatlar 1000 so’mni tashkil etadi. Bosmaxonaning o’rtacha
o’zgaruvchan harajatlari qanday bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: