ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y beradigan voqelarni
qayd etishdan iborat bo‘lgan tajribaga aytiladi. Qayd etish tajribasi tabiiy tajribadan
vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan natijalar o‘zaro tajribagacha va tajribadan
so‘ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini
aniqlash. Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif
etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko‘ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: