2.2. PRESS ELEKTR YURITMASI UCHUN AYLANISH
TEZLIGI VA TUZILISHIGA BINOAN ELEKTRODVIGATEL
TURINI TANLASH
Asinxron motorlarning nominal tezligi ularning statoridagi magnit
maydonining aylanish tezligi p
bilan aniqlanadi. CHastotasi 50 gertsli
elektr tarmog’iga ulangan asinxron motorlarning sinxron tezliklari p =
3000, 1500; 1000; 750; 600 va 500
standart qiymatli bo’lib,
sinxron tezligi n = 500
dan kichik bo’lgan motorlarning cos
va lari
nisbatan ancha past bo’ladi. SHu sababli past tezlikli asinxron motorlar kam
ishlatiladi. Bir xil quvvatdagi past tezlikli motorning aylantiruvchi momenti
M
nisbatan katta kiymagga eta bo’lgani uchun, uning
o’lchamlari va og’irligi kattalashib ketadi. SHu sababli past tezlikli ish
mashinalariga, ko’pincha, yuqori tezlikli motor reduktor bilan birgalikda
qo’llaniladi. Ammo ekskavatorlarning ba’zi mexanizmlarida juda xam past
tezlik, ya’ni 16
25
talab qilinib, ularda past tezlikli motorni qo’llash
xar tomonlama kulay bo’ladi.
Ishlash
joyidagi
muxitga
xamda
xarakatga
keltiriluvchi
ish
mashinasining tuzilishiga qarab motorlar turln, ya’ni ochik, ximoyalangan
va yopik konstruktsiyalarda ishlab chiqariladi. Tokli va aylanuvchi qismlari
tashqi muxit ta’siridan ximoyalanmagan motorlar ochik konstruktsiyali
motorlar deb ataladi. 220 Voltga xisoblangan bunday motorlarni changsiz,
kuruk va yongin xavfi bo’lmagan binolarga o’rnatish mumkin.
Tokli va aylanuvchi kismlari yuqoridan yoki gorizontalga nisbatan 45°
burchak bilan tushadigan suv tomchilari va boshqa kattiq jismlardan
ximoyalangan
motor
ximoyalangan
konstruktsiyali
motorlar
deb
ataladi.Bunday motorlarni, odatda, usti yopik yashin qaytargichi bo’lgan
xollarda usti ochik joyga xam o’rnatish mumkin. Ximoyalangan
konstruktsiyali motorlarni iflos chang, bug’ va yemiruvchi gazi bo’lgan
xona yoki qexlarga o’rnatish tavsiya etilmaydi. Ochik xavoda o’rnatiladigan
bunday motorlar namga chidamli izolyatsiyaga ega bo’lishi lozim.
Korpusida
teshiklari
mutlaqo
bo’lmagan
motorlar
yopiq
konstruktsiyali motorlar deyiladi. Bunda motorlar tashqi muxit ta’siridan,
muxit esa motordan chiqadigan uchqunlardan ximoyalangan bo’ladi.
Demak, bunday motorlarni og’ir sharoitli muxitlarda qo’llanish tavsiya
etiladi. Agar ochiq va ximoyalangan konstruktsiyadagi motorlarni ularning
vallariga o’rnatilgan ventilyator yordamida sovitilsa, yopik motorlarni
sovitish uchun esa, ko’pincha, tashki ventilyator ko’llaniladi.
Ish mashinasining tuzilishiga qarab elektr motorlari flanetsli va ikki
tomondan chikarilgan valga ega bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |